So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  7 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Bekzod Qodirqulov: "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql o'z so'zini aytdi" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql o'z so'zini aytdi"

Pro liganing 15-turidan o'rin olgan "Yangier" - "SHo'rtan" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Ikki jamoa ham hujumkor va ochiq o'yin ko'rsatdi. Jamoamiz hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlash borasida oqsayapti. "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql o'z so'zini aytdi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik, ammo diqqat-etiborni yo'qotib qo'yish orqali gol o'tkazib yubordik. O'yin esa teng kurashlar ostida kechdi.

- Uchrashuv 17:00 da boshlanishi qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz? Bu futbolchilarga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- To'g'ri, o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ldi. 17:00 da futbol o'ynash juda ham qiyin. Ayniqsa, futbolchilarimiz birinchi bo'limda ancha qiynalishdi. Nega bu vaqtga belgilanganiga hayronman, 17:30 yoki 18:00 ga belgilansa ham bo'lardi. Issiq havo bahona bo'lmasligi kerak, o'zimizda ham kamchiliklar bor, xatolar ustida ishlaymiz. 

- Birinchi davrada asosiy himoyachilardan biri bo'lib o'ynagan Ulug'bek Xudoyberdiev ikki uchrashuvdan beri maydonda ko'rinmayapti. Buning sababi nimada?

- Ulug'bek Xudoyberdievning jarohati bor edi. Hozirgi paytda mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilyapti. Xudo xohlasa tez orada safga qaytadi.

- Keyingi o'yinlarda "Yangier" jamoasi asosiy tarkibida o'zgarish bo'ladimi?

- Albatta, bo'ladi. Yutgan tarkib almashtirilmaydi, degan fikrga qo'shilmayman. Keyingi bahslarda albatta, o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика