Bekzod Qodirqulov: "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql o'z so'zini aytdi"

Sherzod Nurmatov
12 avg 2021, 20:15
Pro liganing 15-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Sho'rtan" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Ikki jamoa ham hujumkor va ochiq o'yin ko'rsatdi. Jamoamiz hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlash borasida oqsayapti. "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql o'z so'zini aytdi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik, ammo diqqat-e'tiborni yo'qotib qo'yish orqali gol o'tkazib yubordik. O'yin esa teng kurashlar ostida kechdi.

- Uchrashuv 17:00 da boshlanishi qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz? Bu futbolchilarga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- To'g'ri, o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ldi. 17:00 da futbol o'ynash juda ham qiyin. Ayniqsa, futbolchilarimiz birinchi bo'limda ancha qiynalishdi. Nega bu vaqtga belgilanganiga hayronman, 17:30 yoki 18:00 ga belgilansa ham bo'lardi. Issiq havo bahona bo'lmasligi kerak, o'zimizda ham kamchiliklar bor, xatolar ustida ishlaymiz. 

- Birinchi davrada asosiy himoyachilardan biri bo'lib o'ynagan Ulug'bek Xudoyberdiev ikki uchrashuvdan beri maydonda ko'rinmayapti. Buning sababi nimada?

- Ulug'bek Xudoyberdievning jarohati bor edi. Hozirgi paytda mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilyapti. Xudo xohlasa tez orada safga qaytadi.

- Keyingi o'yinlarda "Yangier" jamoasi asosiy tarkibida o'zgarish bo'ladimi?

- Albatta, bo'ladi. Yutgan tarkib almashtirilmaydi, degan fikrga qo'shilmayman. Keyingi bahslarda albatta, o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia