So’nggi yangiliklar

21:16"Наполи" — "Интер". Марказий ўйин учун таркиблар маълум  0 20:53РПЛ. "Зенит" ва ЦСКА Петербургда нурсиз дуранг ўйнади, Файзуллаев 67 дақиқа ўйнади  11 20:17Расман: Элдор Шомуродов — "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси!  14 19:58"Ахмат" - "Рубин". Ашурматов асосий таркибда  2 19:42Футболда янги қоида пайдо бўлди  5 19:34U20 Осиё Кубоги. Финалда ғолиб пенальтилар серияси орқали аниқланди  5 19:17РПЛ. Эсанов захирадан майдонга тушган баҳсда "Акрон" мағлубиятга учради  0 18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  1 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  3 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  19 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  4 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  1 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  12 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  23 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  4

Bekzod Qodirqulov: "Maqsad bo'lmasa, hayot bo'lmaydi. Superligaga chiqishni niyat qilganmiz" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Maqsad bo'lmasa, hayot bo'lmaydi. Superligaga chiqishni niyat qilganmiz"

Bugun Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Yangier-Quruvchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov fikrlarini bildirdi. 

-  Kurashlarga boy o'yin bo'ldi, bu oldindan malum edi. Ob-havo noqulay keldi, ammo buni bahona qilib bo'lmaydi. O'zimizni xatolarimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik. Buning uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz. “Andijon” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ko'proq kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Mazmunli, sifatli o'yin bo'lmadi, deb o'ylayman, - dedi Qodirqulov. 

-  Jamoa oldiga qo'yilgan asosiy vazifa qanday?

-  Asosiy vazifa har bir o'yinda g'alaba qozonish. Xoh uyda, xoh safarda bo'lsin yutmoqchimiz. 

-  Superligaga chiqish maqsadi qo'yilganmi?

-  Oliy maqsad har doim bor. Maqsad bo'lmasa, hayot ham bo'lmaydi. Superligaga chiqishni niyat qilganmiz.

-  Ikkinchi bo'limda Siroj Melievni orqaroqqa olinishiga asosiy sabab nima bo'ldi?

-  Hujumkor yarim himoyachi – Jahongir Abdusalomovni maydonga tushirdik. Orqaga olinmadi. Bizga hujum bo'lganida orqaroqqa o'tib yordam berishiga ko'rsatma bergandik. Harakat qildi. 

-  Tajribali himoyachi Abduqahhor Hojiakbarov nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushmayapti?

-  Uning jarohati bor edi. Jamoamizga qo'shilganida jarohati bor edi. Asta-sekin tiklanyapti va optimal formaga kirib boryapti. Albatta, bizga yordam beradi. Tajribasiga shubhamiz yo'q. 

-  Bugun maydonda “Andijon” jamoasining o'yini sizga qanday ko'rindi?

-  Raqib haqida biror-bir fikr bildira olmayman. O'z klubim haqida gapiradigan bo'lsam, ikkinchi bo'limda ko'proq paslar orqali hujumda faollik ko'rsatdik. Aynan hujumchilarimiz yaxshiroq o'ynashni boshlashgach, imkoniyatlar paydo bo'ldi. Xuddi shu narsani birinchi taymda ham bajarishimiz kerak edi. Ko'rsatma shunday berilgandi. “Andijon” haqida esa gapira olmayman. CHunki o'z jamoamdagi muammolar o'zimizga etarli.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика