Bekzod Qodirqulov: "Imkoniyat berib qo'yganimiz uchun "Andijon" futbolchilari maydonda istaganini qildi"
08 apr 2022 18:39
Yangiliklar
Bekzod Qodirqulov: "Imkoniyat berib qo'yganimiz uchun "Andijon" futbolchilari maydonda istaganini qildi"
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida bo'lib o'tgan "Yangier" - "Andijon" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mag'lubiyadan bahona qidirish shart emas. Birinchi bo'limda yigitlarni tanib bo'lmadi. Ikkinchi bo'limda hujumkor o'yin ko'rsatdik. Ammo qarshi hujumlarda raqib jazoladi. Standart vaziyatlarda ham kamchiliklarimiz ko'zga tashlanib qoldi, deb o'ylayman. Futbolchilarga barchasi tushuntirilgandi. "Andijon" vaziyatlardan foydalanib ketdi.
"Andijon" faqat havoda emas, imkoniyat bo'lsa erda ham pas bilan o'ynay oladi. Ularga imkoniyat berib qo'yganimiz uchun raqib futbolchilari maydonda istaganini qildi. Hozirda g'alaba suv va havodek zarur. Mag'lubiyatni to'liq o'z bo'ynimga olaman. Ertaga futbolchilar bilan gaplashib olmasak bo'lmaydi",- deydi Bekzod Qodirqulov.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar