Bekzod Qodirqulov: "G'alabaga "Xorazm"dan ko'ra biz yaqinroq edik"
22 okt 2021 13:19
Yangiliklar
Bekzod Qodirqulov: "G'alabaga "Xorazm"dan ko'ra biz yaqinroq edik"
"Jangovar o'yin bo'ldi. Durang adolatli natija bo'ldi deb o'ylayman. Ikkala jamoa ham harakat qildi. Oldingi mag'lubiyatdan keyin "Xorazm"ni yaxshilab o'rgandik, "Aral Samali"ni safarda yutganimizdan keyin yigitlarimizning ruhiyati ko'tarildi. Bugun ham g'alabaga biz yaqinroq kelgandik, ikkinchi taymda ko'p vaziyatlar bizda bo'ldi, ammo yakuniy zarbada xatolar qildik.
"Xorazm" biz uchun noqulay raqib, bu jamoada yaxshi o'yinchilar jamlangan. Pastki to'rtlikda aynan "Xorazm"ning tarkibi kuchliroq, shu bois bu jamoaning ochkolari ko'proq.
Legionerlar mavsum boshida 4 nafar edi, birinchi davradan keyin ikki legionerdan voz kechdik. Hozir tarkibimizda qolgan Landri va Jeromning o'yinlari bizni qoniqtirmoqda. Ularga keyingi yil uchun ham shartnoma taklif qilamiz.
Moliyaviy holatimiz barqaror, bugungi o'yinga ham mukofot puli berilishi aytilgandi. Yigitlar oyliklardan nolishgani yo'q.
Muhammadqodir Rahimberganov yosh, kelajagi porloq futbolchi. Bugun zaxiradan maydonga tushib, jamoamizga muhim ochko keltirdi. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p, ularga doim imkoniyat beramiz", - deydi Bekzod Qodirqulov.
Fikrlar