So’nggi yangiliklar

01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  0 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  10 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   34 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15

Bekxemning afsonaviy zarbasini takrorlagan o'zbegim! FOTOMAQOLA Yangiliklar

Bekxemning afsonaviy zarbasini takrorlagan o'zbegim! FOTOMAQOLA

Kecha Osiyo CHempionlar ligasida guruh bahslariga start berildi.

"B" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubi kecha o'z maydonida BAAning "Al Vahda" jamoasini qabul qildi. "Lokomotiv" stadionida o'tgan bellashuvda "temiryo'lchilar" o'zbek futboli muxlislarini xursand qilishdi va 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Quyida kechagi supermatchga bag'ishlangan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

"Al Vahda"ning boshlang'ich tarkibi.


"Lokomotiv" boshlang'ich tarkibi.


Uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatish uchun "Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev ham tashrif buyurdi.


"Lokomotiv"ning braziliyalik legioneri Nivaldo garchi 36 daqiqagina o'ynagan bo'lsada, yaxshi taassurot qoldirdi.


Kecha SHuhrat Muhammadiev bir necha bor o'z qanotidan hujumga o'tib raqiblaridan qochib ketdi va ikkita golga assistentlik qildi. Ayniqsa, Ikrom Aliboev bosh bilan ikkinchi golini urgan vaziyatda SHuhrat tezlik evaziga qochish qanday bo'lishini ko'rsatib qo'ydi.


Ochig'i, o'yindan oldin Sadriddin Abdullaevni asosiy tarkibda tushmasligini taxmin qilgan edim. Lekin, u huddi xorij yig'inlari davomidagi o'rtoqlik o'yinlarida bo'lgani kabi jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi va 11talikdagi o'rnini hech kimga berish niyatida emasligi isbotladi.


Nivaldoning sovuqqonligi va hotirjamligi menga yoqdi. Gol urgan vaziyatda u mutlaqo o'ziga ishongan tarzda kirib bordi va maqsadiga erishdi.


Bizning jamoalarga mana shunaqa bitta imkoniyatdan foydalanadigan hujumchilar etishmaydi.


Bu esa kechagi kunning asosiy qahramoni. Bunga sal keyinroq qaytamiz.


"Al Vahda" bosh murabbiyi Laurenciu Regekampfning holatini tushunish mumkin.


Uchrashuvni "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze ham yordamchilari bilan birga kuzatib bordi.


Kun qahramoni - Ikrom Aliboev! SHaxsan men uchun futboldagi eng sevimli o'yinchim angliyalik Devid Bekxem. Kecha Ikrom afsonaviy Bekxemning 1996 yilning 17 avgustidagi zarbasini takrorladi. O'shanda Beks "Uimbldon" darvozasini maydon markazidan ishg'ol qilgandi. Etiborlisi, aynan o'sha goldan keyin Devid MYUning asosiy tarkibidan muqim joy olgan va Angliya terma jamoasiga ham chaqirilgan. Umid qilamizki, afsonaviy golni takrorlab barchamizga futbol lazzatidan bahra olish imkonini bergan Ikromning keyingi taqdiri ham Bekxemnikidan kam bo'lmasin!


SHunchaki, yaxshi kadr.


CHiroyli o'yin va ishonchli g'alaba uchun Mirko janoblariga ham alohida rahmat aytamiz.


Sardor Mirzaev ko'p bor raqib jarima maydonida kurashlarga kirdi va vaziyatlarga chiqib bordi. Ammo, unga kecha gol urish borasida omad kulib boqmadi.


Sardor Rashidov birgina vaziyatda individual harakatlari evaziga gol urdi. Lekin, u jamoa uchun o'ynash borasida ishlashi kerak. Kecha ko'p hollarda u to'pni yo'qotib qo'ydi.


Kecha SHerzod Karimov maydonga tushganidan keyin "Paxtakor" muxlislari uni olqishlab turishdi, jamoaning sobiq o'yinchisiga nisbatan bunday hurmat ham iliq taassurot qoldirdi.


Barchangizga rahmat, yigitlar!


"Lokomotiv" - "Al Vahda" (5:0) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon Qosimov

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика