Bekxemga Messi va Ronaldu kerak
17 mar 2019 21:10
Yangiliklar


Bekxemga Messi va Ronaldu kerak
MLSda 2020-yildan paydo bo'ladigan “Inter Mayami” klubi rahbari Devid Bekxem o'z jamoasida qaysi futbolchilarni ko'rishni xohlashini aytdi.
“Hammaning o'zi mo'ljallab qo'ygan ro'yxati bo'ladi. Siz shunchaki, Messi va Ronalduning o'yinlariga etibor bering. Ularning yoshi o'tib bormoqda deb o'ylarsiz balki. Biroq, men buni ko'rmayapman. Ular hozir ham yuqori saviyadagi o'yinlarini namoyish etmoqda. Ular bir kun kelib jamoalarini tark etishini ko'rish og'ir bo'ladi. Ko'ramiz, futbolda oldindan bir narsa aytish qiyin. Men ularni ikkalasini ham o'z klubimda ko'rishni xohlardim.” – deydi Angliya terma jamoasining sobiq sardori.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar