So’nggi yangiliklar

00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  0 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  0 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  5 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  4 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  1 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  13

Bekxem va Ronaldo Osiyo o'yinlarida ishtirok etdi Yangiliklar

Bekxem va Ronaldo Osiyo o'yinlarida ishtirok etdi

Devid Bekxem Osiyo o'yinlarida Ronaldo bilan bir jamoada debyut qildi, faqat futbol turnirida emas.

Hindistonlik Devid Bekxem Elkatohchungo va Ronaldo Laytonjam Singx velosport bo'yicha Xitoyda o'tkazilayotgan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishdi.

Ronaldu seshanba kungi sprint bahslarida jamoasiga beshinchi o'rinni egallashida yordam berdi. 

Bekxem esa chorshanba kungi sprint bahslarida to'qqizinchi o'rinni egalladi.

"Mening otam milliy terma jamoada o'ynagan va Devid Bekxemning ashaddiy muxlisi edi. Onam shifoxonaga kelganida, o'g'il farzand dunyoga kelsa, Devid Bekxem deb ism qo'yilishini aytishgan. 14 yoshimgacha futbol o'ynaganman, 2017 yildan beri velosport bilan shug'ullanaman", dedi Elkatohchungo.

Laytonjamning otasi esa braziliyalik futbol sehrgari Ronaldino (asl ismi Ronaldo)ning ashaddiy muxlisi edi. 

2002 yilgi jahon chempionati paytida ish bilan Kashmirga borgan Laytonjamning otasi Ronaldinoning Angliya darvozasini ishg'ol qilishiga bazi do'stlari bilan pul tikkan, yakunda braziliyalik futbolchi gol urib, jamoasining 2:1 hisobida g'alaba qozonishiga hissa qo'shgan. Uchrashuv yakunlanganidan bir necha daqiqa o'tgach, otaning telefoni jiringlab, deyarli 2000 km masofa narida farzandi dunyoga kelgani haqida xabar berishgan. 

"Ronaldino tepgan to'p darvozaga kirgach, dunyoga kelgan bo'lsam kerak. O'sha kuni otam mo'maygina pul yutib olgan. SHu bois bo'lsa kerak, mashhur ismga ega bo'ldim. Bu men uchun omadli hisoblanadi", dedi hindistonlik sportchining o'zi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика