Bekxem Ronaldu haqida gapirdi
09 may 2022 08:40
Yangiliklar


Bekxem Ronaldu haqida gapirdi
MYU afsonasi Devid Bekxem Krishtianu Ronalduning “Old Trafford”da qolishiga umid bildirmoqda.
“Krishtianu Leo Messi bilan birga dunyoning oxirgi 15 yillikdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri. Umid qilamanki, u “Manchester Yunayted”da qoladi, bu esa muxlislar uchun muhim.
Bu uning uchun ham muhim va “Manchester Yunayted” qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini barchamiz bilamiz. U hali hamon qo'lidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda – gol uradi va imkoniyatlar yaratadi.
Uning shu yoshda qilayotgan ishlariga haqiqatan aql bovar qilmaydi. Umid qilamanki, bu davom etadi va u yana 1-2 yilga qoladi”, deydi “Inter Mayami” xo'jayini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar