So’nggi yangiliklar

00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  12 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  4 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  6 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1

Bekxem o'zi bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi Yangiliklar

Bekxem o'zi bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Angliya terma jamoasi afsonaviy yarim himoyachisi "Manchester Yunayted", "Real", "Milan" va PSJdagi jamoadoshlari orasidan bir futbolchini tanladi.

Bekxem 21 yillik faoliyati davomida dunyoning eng yirik klublarida o'ynagan. U faoliyatini 2013 yilda yakunlagandi.

Beksning karerasi "Yunayted"da boshlangan, keyin Ispaniyaga yo'l olib, "Real"da o'ynagan, so'ngra "Milan", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Pari Sen-Jermen" sharafini himoya etgan.  SHuningdek, Bekxem Angliya terma jamoasi safida 115 ta o'yin o'tkazgan va olti yil davomida o'z mamlakati sardori bo'lgan.

Natijada, yarim himoyachi dunyo ko'rgan eng yaxshi futbolchilar bilan maydonni baham ko'rdi. Kaka, Zinedin Zidan, Ronaldino va Zlatan Ibragimovich – bular Bekxem bilan birga o'ynagan qoyilmaqom futbolchilarning bir qismi xolos.

"Men bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi – Zidan", – dedi Devid Gari Nevillga bergan intervyusida.

Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblangan Zidan "Real Madrid"da uch yil davomida Bekxem bilan birga o'ynadi va ular birgalikda Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritishdi. 

Bekxem Madriddan Los-Anjelesga ketishdan bir yil avval Zidan faoliyatini tugatgandi.

2020 yilda Bekxem Zidanga bo'lgan hurmatini ko'rsatgandi – u emocional posti orqali franciyalik afsonaga hurmat bajo keltirgan.

"Men Zizuga qarshi to'p tepgan omadli insonman, ammo faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan biri shuki, men u bilan bir jamoada ham o'ynaganman. Uning so'nggi o'yinidagi o'sha lahza nafaqat biz uchun, balki butun dunyo uchun qayg'uli edi. Mersi, do'stim".

Zidanni eng yaxshi jamoadoshi deb atagan Bekxem o'zining eng muvaffaqiyatli yillarini "Old Trafford"da o'tkazganini unutmaslik lozim. U ser Aleks Fergyuson qo'l ostida olti marta Premer-liga chempioniga aylandi, ikki marta Angliya Kubogi sohibi bo'ldi va CHempionlar Ligasida zafar quchdi.

Biroq Bekxem "Yunayted" afsonasi ser Bobbi CHarlton nomini tilga olib, albatta u bilan birga o'ynashni xohlaganini bildirdi.

"U otamning kumiri edi, shuning uchun mening ikkinchi ismim Robert. Ser Bobbi bilan bajonidil birga o'ynagan bo'lardim".

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика