Bekxem MLSning darajasi haqida gapirdi
27 fev 2020 01:28
Yangiliklar


Bekxem MLSning darajasi haqida gapirdi
"Inter Mayami" klubi xo'jayini Devid Bekxem MLSning kelajakdagi maqomi qanday bo'lishi kerakligini aytdi.
"MLS futbolchilar Evropadan faoliyatini yakunlash uchun keladigan liga bo'lmasligi kerak. Biz bu erga kuchlilar ham faoliyatlarini davom ettirish uchun kelishlarini xohlaymiz", – dedi Bekxem.
Xabaringiz bor, Bekxemga tegishli "Inter Mayami" klubi MLSning yangi mavsumida debyut qiladi. Uning o'zi 2007 yil, 32 yoshida "Real"dan MLS vakili "Los-Anjeles Gelaksi"ga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar