Bekxem Ikardini MLSga chorlamoqda
15 iyu 2019 15:40
Yangiliklar
Bekxem Ikardini MLSga chorlamoqda
"Inter Mayami" xo'jayini Devid Bekxem Mauro Ikardiga uning jamoasida o'ynashni taklif qildi.
Milanning "Inter" jamoasi bosh murabbiyligiga Antonio Konte kelganidan so'ng, Ikardining "neradzurrilar" bilan kelajagi so'roq ostida qoldi. Yangi murabbiy 26 yoshli futbolchini umuman yoqtirmayapti. Uning shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Bekxemning "Inter Mayami" klubi esa MLSdagi ishtirokini 2020 yildan boshlaydi.
Ikardi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 5ta assistga erishgan.
Fikrlar