Bekxem Gay Richining filmida rol o'ynaydi
12 iyu 2015 17:12
Yangiliklar


Bekxem Gay Richining filmida rol o'ynaydi
"Manchester Yunayted", "Real" va "Milan" sobiq futbolchisi Devid Bekxem mashhur rejissyor Gay Richining "Qirol Artur va Aylana stol ricarlari haqida" filmida rol o'ynaydi.
Ushbu film 2016 yilda katta ekranlaga chiqishi kutilyapti. Bekxem bu filmda ikkinchi darajali rolni o'ynaydi. Malum bo'lishicha, sobiq futbolchi toshdan Ekskalibur qilichini sug'urib oladi.
Gay Richi va Bekxem uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelmoqda. Rejissyor sobiq futbolchi bilan reklamalarda birga ishlagan.

Fikrlar