Bekxem Angliyaning 5-liga o'yiniga tashrif buyurdi va 30 daqiqa vaqtini muxlislarga ajratdi
18 fev 2019 13:06
Yangiliklar


Bekxem Angliyaning 5-liga o'yiniga tashrif buyurdi va 30 daqiqa vaqtini muxlislarga ajratdi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Devid Bekxem joriy yilning yanvar oyida Angliyaning beshinchi divizionida ishtirok etuvchi "Solford Siti" klubining 10% akciyasini sotib oldi.
Bekxem "Sinf-92" deb nomlanuvchi - MYU akademiyasining 1992 yildagi bitiruvchilari kabi "Solford" akciyalarini xarid qildi. Aka-uka Nevillar, Pol Skoulz, Rayan Giggz va Nikki Battlar 10%dan akciya sotib olishgan.
SHanba kuni "Solford" uyida 5-liganing autsayderi "Dover Atletik"ni qabul qildi. Ushbu o'yinga Bekxem tashrif buyurdi. Afsonaning tashrifi "Solford" muxlislari uchun katta voqeaga aylandi, shu sababli Bekxem 30 daqiqa davomida stadion oldida ishqibozlarga dastxat tarqatib, ular bilan suratga tushdi.
Bekxem o'yin natijasidan mamnun bo'lmagani aniq, chunki uning jamoasi 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. "Solford" turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar