So’nggi yangiliklar

09:23Мбаппе Ямалнинг шахсий ҳаётига аралашётганларга мурожаат қилди  4 08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  5 07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Қувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  1 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  11 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  1 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  3 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  9

Bektemir Abdumannonov: "Muxlislarni uzoq vaqtdan beri xursand qilmayotgan edik. Olimpiya terma jamoasiga chaqirishsa, ishonchni oqlayman" Yangiliklar

Bektemir Abdumannonov: "Muxlislarni uzoq vaqtdan beri xursand qilmayotgan edik. Olimpiya terma jamoasiga chaqirishsa, ishonchni oqlayman"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng "Andijon" futbolchisi Bektemir Abdumannonov saytimizga intervyu berdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...

- CHiroyli va qiziqarli bahs bo'ldi. Bugun omad bizga kulib boqdi. Muxlislarni uzoq vaqtdan beri xursand qilmayotgan edik. Raqib ham bugun ancha yaxshi o'yin namoyish etdi, ammo biz maydonda kuchliroq edik. Bugungi g'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz. Olg'a, "Andijon"! Olg'a, "Ultras Burgut"!

- "Andijon" mavsumni ajoyib tarzda boshlagandi, lekin keyinchalik ketma-ket 7 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadi. Ushbu omadsiz seriyaga nima sabab bo'ldi?

- Ha. Mavsumni juda yaxshi boshladik, ammo keyinchalik muammolarga duch keldik. Hakamlar bilan bog'liq muammolar ham bo'ldi. Ushbu vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qildik.

- "Gol+pas" tizimi bo'yicha Superliganing eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib turibsiz. Ushbu natija sizga qo'shimcha javobgarlik yuklamoqdami?

- Bunday statistika qayd etayotganimga Yaratgan sababchi. Men faqatgina mehnat qilmoqdaman. Eng muhimi, har bir uchrashuvda jamoaga ko'proq foyda keltirishni istayman. Gol va assistlarni yanada ko'paytirishga harakat qilaman. Hozir yaxshi sport formadaman. Olimpiya terma jamoasiga chaqirishsa va menga imkon berishsa, o'zimni ko'rsata olishimga ishonaman.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика