So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   30 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Bektemir Abdumannonov: "Bu murabbiylarimizning g'alabasi bo'ldi" Yangiliklar

Bektemir Abdumannonov: "Bu murabbiylarimizning g'alabasi bo'ldi"

Coca-Cola Superligasi 6-turidan o'rin olgan Metallurg – OKMK uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi Bektemir Abdumannonov o'yindan so'ng Championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.

Bugungi o'yin haqida qisqacha fikrlaringiz:
"Metallurg" jamoasining barcha muxlislari, klub xodimlari va jamoadoshlarimni g'alaba bilan tabriklab qolaman. Biz har bir o'yinga g'alaba uchun chiqamiz. Bu murabbiylarimizning g'alabasi bo'ldi, deyishni xohlar edim. OKMKga qarshi uchrashuvdan oldin astodyil tayyorgarlik ko'rdik va mehnatimiz mevasi sifatida g'alaba qozondik. Jamoamiz muxlislarini har bir o'yinda hursand qilishga intilamiz.

Olmaliq jamoasi ham uchrashuvni yaxshi o'tkazdi. Qizil kartochkadan so'ng ham yaxshi vaziyatlarni yaratishdi, OKMK jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman.

Bugun "O'yinning eng yaxshi futbolchisi" deb etirof etildingiz, lekin shunga qaramay, gol urish nasib qilmadi?
Bu natijalarga erishishimda ota-onam va murabbiylarimning mehnatlari katta. Gol ura olmayotganimga kelsak, ko'plab gollar urib jamoaga g'alaba keltirishni istayman. Asosiy maqsadim jamoaga yordamim tegsa, tomoshabop futbol bilan stadionga kelgan muxlislarni xursand qilsam deyman. Nasib qilsa mavsum davomida hali ko'plab gollar urib, ularni bobom va buvimning xotiralariga bag'ishlayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика