So’nggi yangiliklar

20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  2 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  3 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  14 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8

"Metallurg" FK nima uchun "Navbahor" bilan o'yin qoldirilgani borasida tushuntirish berdi Yangiliklar

"Metallurg" FK nima uchun "Navbahor" bilan o'yin qoldirilgani borasida tushuntirish berdi

Teglar :  Metallurg
"Metallurg" FK matbuot xizmati 1-tur o'yini nima uchun qoldirilgani borasida rasmiy bayonot berdi.


Futbol millionlar o'yini degan ibora bugun paydo bo'lmadi. U yillar davomida sinovdan o'tib, tasdig'ini topgach ommalashgan. Zero, muxlislarsiz, tomoshabinlarsiz futbol uchrashuvlarini tasavvur etib bo'lmaydi. Bugundan etiboran mamlakatimiz stadionlari yana o'z bag'riga millionlar o'yini shaydolarini chorlaydi. Yangilangan chempionat – Superliga o'yinlari start oladi. Mavsumni Navoiyda “Qiziqum” va “Lokomotiv” jamoalari bahsi boshlab bersa, bayram Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida davom etadi. “Neftchi” – “Nasaf” o'yinni ham muxlislarga unutilmas lahzalarni tortiq etishiga shubha yo'q. 2 martda yangi mavsum tantanalari poytaxtga – “Paxtakor” markaziy stadioniga ko'chadi. SHanba kuni Buxoro hamda Toshkent shaharlarida chempionat o'yinlari davom ettirilsa, Bekobod shahrimizga katta futbol havosi yakshanba – dam olish kuni etib keladi.

Bekobod ahlining asosiy ko'ngil ochar maskanlaridan biri bu – “Metallurg” stadionidir. O'zbekiston metallurgiya kombinatining fidoyi ishchilari hamda shahar ahli “Metallurg” jamoasining turdan-turga, uy uchrashuvlarini intizorlik bilan kutib yashashadi. Futbol uchrashuvlari Bekobodda haqiqiy bayramga aylanib ketadi. Erkaklar jamoamiz tashqari besh yildan buyon mamlakat chempionatlarida sovrinsiz qolmayotgan, so'nggi mavsumda “oltin dubl”ga erishgan “Metallurg-vumen” ishtirokidagi o'yinlarda ham tomoshabinlar stadionni to'ldirib o'tirishadi. Bir so'z bilan aytganda futbol – bekobodliklarning dam olish dasturi, ovunchog'i desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bu yil O'zbekiston futbol associaciyasi, Professional futbol ligasi Superliga ishtirokchilariga talablarni kuchaytirganligidan barchangiz yaxshi xabardorsiz. Bu talablarni bajarish yo'lida “Metallurg” stadionida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari qaytadan qurib foydalanishga topshirildi. Barcha kerakli zarur jihozlar bilan taminlandi. O'z navbatida hakamlar, nazoratchi hakamlar xonalari, uchrashuv komissari uchun alohida xonalar mavsumga shay holatga keltirib qo'yildi. Bundan tashqari matbuot anjumani o'tkazish zali, doping nazoratidan o'tish xonalari ham talablar asosida tamirlandi, kerakli jihozlar bilan taminlandi. VIP, SIP tribunalarini, imkoniyati cheklangan muxlislar uchun maxsus joylar talablar darajasiga keltirildi. Stadionning barcha tribunalari joriy tamirdan chiqarildi hamda muxlislarga barcha shart-sharoitlar yaratib qo'yildi. Uchrashuv kuni tomoshabinlarning miriqib futbol tomosha qilishlaridan tashqari o'yin paytida tanovul qilishlari uchun oziq-ovqat, salqin ichimliklar savdosi yo'lga qo'yildi. Xullas, bir so'z bilan aytganda Bekobod katta futbolni intizorlik bilan kutayapti va mavsumni qabul qilishga shay.
 
“Metallurg” ishtirokidagi uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga asosan O'zbekiston metallurgiya kombinatixodimlari tashrif buyurishadi va sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlab turishadi.

O'zbekiston metallurgiya kombinati rahbariyati O'zbekiston futbol Associaciyasidan muxlislarning iltimoslaridan kelib chiqqan holda “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvini dam olish kuniga ko'chirishga ruxsat so'radi. Maqsad kombinat ishchilari dam olish kuni bo'lgan yakshanba kuni o'z oila azolari bilan stadionga kelib, sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashni taminlashdan iborat.
 
PFL muxlislar murojaatlarini inobatga olib, ularga qulaylik yaratish maqsadida istisno tariqasida bu chempionatning ochilish o'yini ekanini inobatga olib, faqat bir martaga Bekobod ahlini futbol bayramidan bebahra qoldirmaslik uchun o'yinni 4 mart kuni, soat 15:30 ga ko'chirdi. O'FA 1-vice-prezidenti o'z nutqlarida ko'p marta futbol xalq uchun, muxlislar uchun ekanligini takidlab, muxlislarga maqul keladigan har qanday o'zgarishlarni amalga oshirishga tayyor ekanini aytib o'tgandi.

Mana shunday vaziyatda bo'lib o'tayotgan o'zgarishlardan faqat salbiy holatlarni ko'rsatib, "tirnoq ichidan kir qidirish"dan kim manfaatdor?

O'z o'rnida turli internet nashlar, saytlar PFL va klublarni yomonotliq qilgandan ko'ra, muxlislarni ko'proq stadionlarga qaytarish yo'lida birgalikda harakat qilishgani afzal emasmi?

Bekobodliklar ham PFLning talablariga buysunadi va hurmat qiladi. Biz barcha do'stlarimizni, haqiqiy futbol muxlislarini Bekobod shahrida, futbol o'yinlarida kutib qolamiz. Keling, bizning quvonchimizga Siz ham sherik bo'ling, Sizning ham yaxshi kunlaringizda birga bo'laylik!
 

"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: -45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика