So’nggi yangiliklar

23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:53ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона". Жавоб учрашуви учун таркиблар аниқ!  26 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  3 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  20 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  5 17:47Ўзга олам вакиллари  8 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0

Bekobod shamolidek tezlikka ega bo'lgan bekobodlik Ivan Nagaev 30 yoshda! Yangiliklar

Bekobod shamolidek tezlikka ega bo'lgan bekobodlik Ivan Nagaev 30 yoshda!

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Ivan Nagaev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Joriy mavsum "Buxoro" klubi sharafini himoya qilayotgan Vanya bugun roppa-rosa 30 yoshini qarshilayapti. 

Ivan Nagaev - 1989 yilning 3 iyul kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tavallud topgan. Faoliyatini aynan tug'ilib o'sgan Bekobod shahrining "Metallurg" klubida boshlagan. 2009 yili 20 yoshida u "Navbahor" jamoasi tarkibida oliy ligada debyut qildi. Lekin namanganliklar safida uzoq vaqt ushlanib qolmadi. Keyinchalik Vanya "Bunyodkor", "Metallurg", "Dinamo" (Samarqand), "Lokomotiv" (Toshkent), "Al Qodisiya" (Quvayt), "Buxoro", "Ordabasi" (Qozog'iston) klublari sharafini himoya qildi. 2011 va 2012 yillarda "Dinamo" safida "Yilning eng yaxshi futbolchi"si deya etirof etilgan. 

Qo'hna shaharliklar tarkibidagi muvaffaqiyatli o'yinlari sabab uni "Lokomotiv" klubiga taklif qilishdi. Nagaev "temiryo'lchilar" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ivan "Lokomotiv" libosida jami 53 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta golga mualliflik qilgan. 2013 va 2014 yilgi mavsumlarda "Lokomotiv" bilan birga O'zbekiston chempionati vice-chempioni hamda mamlakat Kubogi (2014) sohibiga aylangan. Ivan Nagaev 2014 yilda O'zbekiston oliy ligasida 10-mavsumni o'tkazayotgan "Lokomotiv"ning yubiley 350-goli muallifi bo'lgan. O'shanda hujumchi "Andijon" darvozasini ishg'ol qilgandi. "Temiryo'lchilar" uchun bu elit ligadagi 256-uchrashuv edi. 

2015 yilgi mavsumning starti arafasida u "temiryo'lchilar" tomonidan Quvaytning "Al-Qodisiya" klubiga olti oy muddatga ijaraga berildi. Lekin Ivanning legioner maqomidagi o'yinlari o'zi o'ylaganchalik omadli chiqmadi. Nagaev 6 o'yinda 2 ta gol kiritdi, xolos. SHundan so'ng jarohat sabab uzoq vaqt maydonga tusha olmadi. O'zbekistonga qaytgach, "Buxoro" safida maydonga tushdi. 2018 yilda esa Qozog'istonning "Ordabasi" klubida o'ynadi. Joriy mavsumni esa yana "Buxoro" tarkibida o'tkazyapti.    

Ivan Nagaev O'zbekiston oliy ligasida jami 163 ta o'yin o'tkazib, 52 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ivan o'z vaqtida olimpiya terma jamoamizning ham asosiy hujumchilaridan bo'lgan. U shuningdek, 2009 yilda Ahmadjon Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etgan va xatto Angliya termasi darvozasini ishg'ol ham qilgan. O'yinning 69-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Ivan oradan 8 daqiqa o'tib, futbol vatani vakillari darvozasiga gol urgandi. Lekin uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 2 daqiqa qolgan bir paytda inglizlar hisobni tenglashtirib, muqarrar mag'lubiyatdan qutulib qolishgan edi.    

10 yil avval Nagaev gol urgan o'yin: 

JCH. 3-tur. O'zbekiston - Angliya 1:1 (0:0)

02.10.2009. Suvaysh. "Muborak" stadioni 

Bosh hakam: Oskar Ruiz (Kolumbiya)

Gollar: I.Nagaev 77, - 1:0, Tchumeni-Nimeli 88, - 1:1.

O'zbekiston: Sanjar Quvvatov, SHerzod Azamov, Dilyorbek Ermatov, Sunnatilla Mamadaliev (jamoa sardori), Davron Mirzaev (Sanat SHixov 63), Sardor Mirzaev (Kenja To'raev 48), Oybek Qilichev, Murod Xolmuhammedov, Zohir Pirimov (Ivan Nagaev 69), Jasur Hasanov, Islom To'xtaxo'jaev.

Biz bejiz Ivan Nagaevga Bekobod shamolidek tez tarifini bermadik. Haqiqatan ham Ivan faoliyatining yorqin davrlarida o'ta tezkorligi, hujumga tezlikda o'tib ketishi bilan tanilgan. Qizig'i, o'zi ham shamollar shahri - Bekobodda dunyoga kelgan. 

 Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin, Vanya!


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика