Beyl: "Yuventus"ga gol urish uchun omad etishmadi"
14 may 2015 12:12
Yangiliklar
Beyl: "Yuventus"ga gol urish uchun omad etishmadi"
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Yuventus"ga qarshi kechgan CHempionlar ligasi javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Juda afsusdaman. Biz finalga chiqib, sovrinni qo'lga kiritmoqchi edik, ammo taqdir buni istamadi. Jamoamiz doimo ko'proq gol urish uchun intilgan, bu uchrashuvda raqib darvozasini bor-yo'g'i bir marta aniq nishonga oldik. "Yuventus" yaxshi o'yin o'tkazdi. Xafamiz, ammo keyingi mavsumda CHempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritish uchun tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Gol urishim uchun biroz omad etishmadi. O'yinim o'xshayotganda maydonni golsiz tark etmayman, afsuski bu safar o'z ismimni tabloga yozdirib qo'ya olmadim. Olg'a qadam tashlashda davom etish lozim" - deydi Beyl.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar