Beyl keyingi mavsumda ham "Real"da qolishni rejalashtirmoqda
27 may 2015 21:15
Yangiliklar


Beyl keyingi mavsumda ham "Real"da qolishni rejalashtirmoqda
"Real" futbolchisi Garet Beyl jamoadan ketmoqchi emasligini aytib o'tdi.
"Bu biz kutgan mavsum emas. Mavsumning bunday yakunlanishini kutmagandik. Biz doimo sovrinlar yutishni istaymiz. Mavsumlar oralig'ida bor kuchim bilan ishlayman va keyingi mavsumda "Real"ning g'alabalariga o'z hissamni qo'shaman", - deb yozdi futbolchi o'z tvitterida.

Fikrlar