Behzod Nazarov: "Toshkent derbisidan hujumkor o'yin kutayapman"
21 okt 2015 11:00
Yangiliklar


Behzod Nazarov: "Toshkent derbisidan hujumkor o'yin kutayapman"
Dastlab "Paxtakor" klubi matbuot xizmati vakili Behzod Nazarov bilan suhbatlashdik.
"Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar doim keskin va shiddatli o'tadi. Bu safargi o'yin yanada ahamiyatli. "Bunyodkor" Osiyo chempionlar ligasiga, "Paxtakor" esa chempionlik uchun kurashmoqda. SHuning uchun ham bugungi o'yindan hujumkor futbol kutyapman".
"Paxtakor" nimaning evaziga g'olib bo'lishi mumkin? Kuchli jamoaviy o'yin, himoyada bexato o'yin va vaziyatlardan yaxshiroq foydalanish evaziga. Bu mavsumda umuman olganda "Paxtakor" shu jihatlar hisobiga kuchliroq. Sergeev ko'p gol urmoqda, Masharipov kerak paytda o'yinni kuchaytiryapti, Sohibov tobora ishonchli o'ynayapti. Bundan tashqari jamoa Jamshid Iskanderovsiz o'ynaganini esdan chiqarishmaslik kerak", - deydi Nazarov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar