Bechora birinchi liga
07 iyu 2014 19:16
Yangiliklar
Bechora birinchi liga
Ayni vaqtda Muborakda O'zbekiston birinchi ligasi doirasidagi 13 turidan o'rin olgan "Mashal-2" - "Spartak" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuv 18:05 da start oldi. Bunga 18:00 ga belgilangan uchrashuvning besh daqiqa kechikishiga "Spartak" jamoasining Muborakka kechikib kelgani sabab bo'ldi. Buni fojia deb bo'laydi deb o'ylasangiz xato qilasiz. Birinchi ligada ahvol shu darajada yomonki bugun yana bir bor amin bo'ldik. Buxoro jamoa tur uchrashuvini o'tkazish uchun Muborakka "Isuzi" aftobusida 17:55 da kirib keldi. Aftobusdan formadan tushgan jamoalar azolari hech qanday mashg'ulotsiz maydonda harakat qilmoqda. Yo'l charchog'i ketib ulgurmasdan maydonga tushgan jamoa birinchi bo'limda uchta gol o'tkazgan.
Bundan tashqari bugun Samarqandning "SHerdor" jamoasi safarga bor yo'g'i uchta zaxira o'yinchisi bilan borganiyoq klubning ahvolini ko'rsatib turibdi. Katta qiyinchilik bilan G'uzorga etib borgan uchun tahsin o'qish kerak. Hozirgi kunda birinchi liganing safar uchrashuvlariga borish ham katta sharaf bo'lib qolmoqda. "Registon"da esa ahvol "SHerdor"dan ortiq emas. Ikkisi ham safarga borsa shunga shukur qilib turmoqda.
Jizzax jamoalardagi ahvolga ham havas qilib bo'lmaydi. "Zomin" ham "G'allakor" ham katta mashaqqat bilan safar uchrashuvlariga zaxira o'rindig'isiz tashrif buyurmoqda. "Zomin" Samarqandda "Registon"ga qarshi o'yinga esa start oldidan 15 daqiqa qolganda kirib borib mashg'ulotsiz maydonga tushdi.
"Orol" va "Xorazm"da ahvol qolganlaridan yaxshi emas. Ayniqsa "Orol" faqat savob uchun maydonga tushmoqda.
Xullas kalom birinchi ligaga rahmim kelib ketadi...
Humoyun Davurov.

Fikrlar