So’nggi yangiliklar

17:00"Нефтчи" — "Андижон" 0:0 (Матнли трансляция)  6 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  2 16:21Суперлига. "Шўртан" - "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  0 15:36"Жайхун" — "Арал" ва "Локомотив" — "Олимпик" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 15:12"Карван" — "Сабаҳ". Раҳмоналиев асосий таркибда  0 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  6 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  4 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  4 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  8 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0

"BBC"ni sog'indingizmi yoxud ularning o'rnini kim bosmoqda? Yangiliklar

"BBC"ni sog'indingizmi yoxud ularning o'rnini kim bosmoqda?

So'nggi vaqtlarda jamoatchilik etibori Alvaro Morataning jamoadagi o'rni, unga etarlicha o'yin amaliyoti berilmayotgani va eshikni taqillatayotgan "sovchilar"ga qaratilmoqda, ammo...

Ammo hozir biz Morata haqida emas, boshqa bir yangi "uchlik" o'yiniga etiboringizni qaratamiz. Isko, Xames va Asensio uchligi! Kimlar sezdi, kimlar yo'q, lekin uch og'a-ini botir birgalikda 31 ta gol urib qo'yishdi. 


Iskoning hisobida La Liga bahslaridagi 10 ta gol va chorshanba kuni CHempionlar Ligasida guvohi bo'lganimiz, "Atletiko"ning paydo bo'layotgan umidlarini "o'ldirgan" gol mavjud. 

Xames Rodriges ichki chempionatning 8 uchrashuvida 11ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Qoyil, shunday futbolchi zaxirada qolib ketyapti, afsus..." deb komment yozishga oshiqmay turing, sababi undanda hayratlanarli ko'rsatkichlar Marko Asensioga tegishli. 


Ispaniya futboli kelajagi, jahon futboli bo'lajak yulduzi deya etirof etilayotgan Asensio turli musobaqalarda 9ta gol urib ulgurdi: ulardan 3tasi La Liga o'yinlariga, 2tasi CHempionlar Ligasiga to'g'ri keladi.

To'g'ri bu faqat gollar statistikasi, lekin o'yin bobida ham, imkon berilganda, ortiqcha etirozga xojat qoldirishmayapti. 

SHu o'rinda, bu mavsum biz ko'rib o'rgangan tajovuzkor "BBC" birgalikda juda kam maydonga tushgani, Garet ko'pincha jarohatlar girdobida qolib ketayotganini ham takidlash lozim. Xullas, o'sha "BBC"ning "ketmoni uchmay" turganda, jamoa ortiqcha muammosiz ularning o'rnini bosa olayotgani yaxshi holat va bundan Zinedin Zidan mamnun bo'lishi mumkin. 


Ammo shuncha harakat qilayotgan, gol urib foydali o'ynayotgan yoshlar jamoadagi o'rni shunday qolaverishiga rozi bo'larmikin... 


Omonjon To'xtamirzaev


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика