“Bazel”ning 8 yillik gegemonligiga chek qo'yildi
29 apr 2018 01:28
Yangiliklar
“Bazel”ning 8 yillik gegemonligiga chek qo'yildi
SHveycariya chempionatining 32-turida “Yang Boyz” o'z maydonida “Lyucern”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va 32 yillik tanaffusdan keyin mamlakat chempionligiga erishdi.
“Yang Boyz”ning irodali g'alabasi bilan yakunlangan bahsning 89-daqiqasida mezbonlar g'alaba to'pini kiritishdi va “Bazel” endi nazariy jihatdan ham ularga eta olmaydigan bo'ldi.
Ayni paytda “Yang Boyz” 32 turdan so'ng 75 ochkoga ega. Ikkinchi pog'onada borayotgan “Bazel” esa 31 uchrashuvdan 59 ochko jamg'argan.
“Bazel” 2010 yildan boshlab ketma-ket sakkiz mavsumdan buyon SHveycariyada chempionlikni nishonlab kelayotgan edi. “Yang Boyz” o'z tarixida 12-bor chempionlikni nishonlaydigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar