Bayram tufayli Dibala, Makkenni va Artur Turin derbisini o'tkazib yuboradi
02 apr 2021 21:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/628610_original.jpg)
![](/upload/storage/628610_220.jpg)
Bayram tufayli Dibala, Makkenni va Artur Turin derbisini o'tkazib yuboradi
"Yuventus" ustozi Andrea Pirlo A Seriya 29-tur doirasida "Torino"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga Paulo Dibala, Ueston Makkenni va Artur kabi futbolchilar kiritilmasligini malum qildi.
Barchasiga bu futbolchilar antikoronavirus qaydnomasini buzib, 20 nafar inson ishtirok etgan bayramda qatnashganlari sabab bo'ldi.
"Bir necha kun oldin bo'lgan tadbirda ishtirok etgan futbolchilar "Torino"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqida gaplashib bo'ldik, endi bor etiborni derbiga qaratsak.
Ertaga qanday jamoaga qarshi o'ynashimizni tushunib turibmiz. "Torino" bizga qarshi o'yinda o'zgacha ishtiyoq bilan harakat qiladi. Bu bellashuvga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz juda muhim", – dedi Pirlo.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar