So’nggi yangiliklar

02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  22 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  3 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  2 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  2 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  24 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

Bayram muborak, aziz temiryo'lchilar! Yangiliklar

Bayram muborak, aziz temiryo'lchilar!

Bugun O'zbekistonda temir yo'llari sohasida faoliyat olib borayotgan mehnatkashlar o'z kasb bayramini nishonlashmoqda.

“Lokomotiv” PFK ishchi-hodim hamda futbolchilar kollektivi barcha o'zbekistonlik temiryo'lchilarni kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Temir yo'llar - yurtimiz iqtisodiyotining "qon-tomiri". Yurtimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanayotganida esa O'zbekiston temiryo'lchilarining xissasi beqiyosdir. Zero aholining bir manzildan ikkinchisiga hech bir qiyinchiliksiz etib olishida, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovar hamda maxsulotlarning xorij davlatlariga eksport qilinishida Temir yo'llar - eng asosiy transport yo'lagi vazifasini o'tayotgani barchaga birdek malum. SHu sababli ushbu soha mexnatkashlari har qanday maqtovga loyiqdir.

O'zbek futbolining eng oldida ildamlab ketayotgan "Lokomotiv" o'zbekistonlik temiryo'lchilarni kasb bayrami bilan qutlaydi!



"O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatovning Temiryo'lchilar kasb bayramiga bag'ishlangan tabriknomasi

Hurmatli hamkasblar!

Sizlarni va Sizlar orqali jamoa azolaringizni mamlakatimiz mustaqilligining yigirma olti yilligi arafasida nishonlanayotgan temiryo'lchilar kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning farovonligi, baxt- saodati, sohamizning bundanda yuksak taraqqiyoti yo'lida olib borayotgan keng qamrovli bunyodkorlik faoliyatingizda katta zafarlar tilayman.

Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik, farovonlik, yurtimiz ravnaqi yo'lidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo'lsin!

Hurmat bilan, A.J. Ramatov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика