Bayi juda qo'pol harakat qilgani uchun 7 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
20 jan 2023 11:10
Yangiliklar


Bayi juda qo'pol harakat qilgani uchun 7 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
Jurnalist Fabris Lampertining xabar berishicha, "Marsel" himoyachisi Erik Bayi 7 ta o'yindan chetda qoladi.
Franciya Futbol Federaciyasi (FFF) Franciya Kubogining 1/32 final bosqichi doirasidagi "Yer" bilan o'yinda (2:0) qo'pol qoida buzish qayd etgani uchun futbolchiga shunday chora belgiladi.
Bayi raqib yarim himoyachisi Almike Ndiayining ko'krak qismiga oyoq bilan zarba bergani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.
"Yer" yarim himoyachisiga bir nechta qovurg'a sinishi, jigar shikastlanishi va ichki qon ketish tashxisi qo'yilgan. Uni zudlik bilan kasalxonaga yuborishdi.
Bayi dastlab ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilingan va uni o'tab bo'lgan ham edi.
O’xshash yangiliklar
15:17
Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogiga qura tashlandi: BMB, "Oil Star" va SQB raqiblarini bilib oldi 0

Fikrlar