"Bayer" yozda Diabini sotmaydi
10 iyu 2022 11:53
Yangiliklar
"Bayer" yozda Diabini sotmaydi
Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumchi Mussa Diabini yozda boshqa klubga qo'yib yubormaydi.
Klub direktori Simon Rolfes nemis jamoasi 22 yoshli o'yinchini sotmasligini malum qildi.
O'yinchining "Bayer" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 60 million evroga baholamoqda.
Diabi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 14ta assist qayd etdi.
Fikrlar