“Bayer” yarim himoyachisi “Bavariya”ga o'tadi
17 apr 2020 00:40
Yangiliklar


“Bayer” yarim himoyachisi “Bavariya”ga o'tadi
Liverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi CHarles Arangis yozgi transfer oynasi vaqtida “Bavariya”ga ko'chib o'tadi.
“Radio Futuro”ning xabar berishicha, Myunxen klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi. Futbolchi “Bavariya”ga erkin agent sifatida qo'shiladi. Uning “Bayer” bilan kelishuvi joriy yilning yozida nihoyasiga etadi.
Arangis 2015 yilning yozida Braziliyaning “Internasonal” klubidan “Bayer”ga o'tgandi. O'shanda futbolchining transferi nemis klubiga 13 million evroga tushgandi. Joriy mavsumda 30 yoshli xavbek Germaniya chempionati bahslarida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golga assistentliq qildi.
Futbolchi CHili termasi safida 70 ta o'yinda maydonga tushgan va ettita gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar