"Bayer" Xavertc "Bavariya" qiziqishlari doirasida ekanini tasdiqladi
26 avg 2019 21:50
Yangiliklar


"Bayer" Xavertc "Bavariya" qiziqishlari doirasida ekanini tasdiqladi
"Bayer" sport direktori Rudi Feller "Bavariya" va boshqa klublar yarim himoyachi Kay Xavertcga qiziqayotganini tasdiqladi.
"Bizga Xavertc bo'yicha bir necha marta qo'ng'iroq qilishgani va unga qiziqishayotgani sir emas. Men Rummeninge ("Bavariya" bosh direktori) bilan samimiy va bevosita suhbat qurdim. U darhol Xavertcni sotmasligimizni tushundi. Myunxenliklar Kayga qiziqqan yagona jamoa emas. Uni yana bir yil qolishi muxlislar va klubga foyda bo'ladi", - deydi Feller.
Avvalroq, Xavertcga 8 ta top jamoa og'iz solgani va 20 yoshli germaniyalikning transfer bahosi 100 mln evro bo'lishi aytilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar