"Bayer" forvardi Beyli: "Menga MYU, "Siti", "CHelsi" va "Liverpul" qiziqish bildirgan
06 noy 2018 18:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461424_original.jpg)
![](/upload/storage/461424_220.jpg)
"Bayer" forvardi Beyli: "Menga MYU, "Siti", "CHelsi" va "Liverpul" qiziqish bildirgan
"Bayer" hujumchisi Leon Beyli unga Angliyaning bir nechta top klubi qiziqqani haqida aytib berdi.
"14-15 yoshimgacha menga "CHelsi" qiziqish bildirgan, ammo yosh futbolchi sifatida o'zim uchun normal darajada o'ynashni tanladim. "Genk" men uchun shunday joy edi, yoshlar tizimida o'zimni juda yaxshi his qildim.
"Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "CHelsi", "Livepul" kabi klublar menga qiziqish bildirgan. Ammo professional sportda keyingi qadamni tashlash va asta-sekinlik bilan tepagan intilish juda muhim. Natijada "Bayer"ga o'tdim, chunki shunday klubda o'ynash vaqti keldi deb o'yladim. Bu erda ko'plab ajoyib futbolchilar to'p tepgan, jamoa tez-tez CHempionlar ligasida ishtirok etadi. Hozir boshqa klubga o'tish haqida o'ylamayapman" - deydi Beyli.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar