Baxtiyor Zaynutdinov: "SHomurodov bilan "Rostov"ga kelishim bilanoq chiqishib ketganmiz"
02 apr 2020 14:43
Yangiliklar


Baxtiyor Zaynutdinov: "SHomurodov bilan "Rostov"ga kelishim bilanoq chiqishib ketganmiz"
"Rostov" yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov Vesti.kz'ga bergan interyusida hamyurtimiz Eldor SHomurodov haqida gapirdi.
"Rostov"da top-futbolchilar bor - Popov, Eryomenko, SHomurodov. Bu erda hujumkor o'yin namoyish etadigan yaxshi jamoa yig'ilgan. Jamoaga kelganimda kim meni iliq kutib oldi? SHomurodov bilan biz birdan chiqishib, gaplashib ketdik", - deydi Zaynutdinov.
Takidlash kerakki, "Rostov"da ajoyib o'yinlar ko'rsatayotgan xavbek bugun 21 yoshni qarshilamoqda.
Qozog'iston terma jamoasi o'yinchisi "Rostov"ga 2019 yilda "Astana"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar