So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Baxtiyor Sattorov: SHerdorning maqsadi imkon qadar Superligaga chiqish Yangiliklar

Baxtiyor Sattorov: SHerdorning maqsadi imkon qadar Superligaga chiqish

O'zbekiston Kubogi 1/32 finali doirasida Pro-Liga azosi “SHerdor” jamoasi Samarqandda Buxoroning “Labsa” klubi bilan durang – 1:1 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida 7:6 natijasi bilan kubokning 1/16 final qismiga yo'l oldi.

Uchrashuvdan so'ng “SHerdor” klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

- Barcha samarqandlik muxlislarni yangi mavsumning boshlanishi va bugungi qiyin va tomoshabop o'yindagi g'alaba bilan tabriklayman. G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz. Bilasiz, “SHerdor” jamoamizning Pro-Ligaga ishtirok etishi malum bo'lganiga bir haftadan ko'proq bo'ldi. Bungacha esa bizning 4 oy davomida Pro-Ligada to'p surish umidida qilgan mehnatlarimiz zoya ketmadi. Bugungi 120 daqiqalik kubok o'yini kamchiliklarimizni ham ko'rsatdi, tarkibimiz yangi mavsumga 90 foiz tayyor, faqat jismoniy jihatdan ish olib borishimiz kerak. Asosiysi mavsumni ko'tarinki ruhda boshlay oldik. Endi Pro-Liga 1-tur o'yiniga ham puxta tayyorgarlikni davom ettiramiz.

- “SHerdor” bugungi penaltilar seriyasiga alohida tayyorgarlik ko'rganmidi?

- Ochig'ini aytsam, 11 metrlik zarbalarga alohida tayyorgarlik ko'rmagandik. Sababi o'yin taqdirini asosiy vaqtda hal etishimiz kerak edi.

- “SHerdor” singari “Labsa” ham Pro-Ligada ilk bor ishtirok etadi. O'yindan oldin bu jamoani o'rganishga ulgurganmidingiz?

- Raqib jamoaning “Mashal” bilan nazorat bahsidagi tarkibini, o'yin uslubini imkon qadar matbuot xizmatimizning malumotlari asosida o'rganishga intilgandik. “Labsa” jamoasi hurmatga sazovor raqib. Tarkibida yosh va tajribali futbolchilar bor ekan.

- “SHerdor”ning bu yilgi maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

- Eng asosiy vazifamiz samarqandlik yosh futbolchilarni tarbiyalab, ularga imkoniyat berib, futbolchilarni yangi darajaga olib chiqish hamda imkon qadar Superliga bahslariga yo'llanma olishdir. Buni qanchalik amalga oshirishimizni vaqt ko'rsatadi. Klubimiz rahbariyati bizdan kelajakda barqaror, har yili yaxshi futbolchilarni etkazib beradigan jamoa yaratishimiz talabini qo'ygan. Kubokda bo'lgani kabi, Pro-Liga o'yinlariga ham mahalliy futbolchilarimiz bilan kurashib, muxlislarni xursand etishga bel bog'laganmiz.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика