So’nggi yangiliklar

12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  1 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  2 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  1 10:50Мареска: "Челси"да АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  8 09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  27 08:31"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилгача узайтиради  2 08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  8 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  1 07:21Неймарга иккита ўйин етарли бўлди  5 01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  3 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  9 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  2

Baxtiyor Sattorov: "Futbolchilarimizni taniy olmadim" Yangiliklar

Baxtiyor Sattorov: "Futbolchilarimizni taniy olmadim"

PRO-liganing 5-turidan o'rin olgan "Yozyovon" - "SHerdor" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Assalomu alaykum, Baxtiyor aka! Avvalombor sizni yaqinda nishonlagan tavallud ayyomingiz bilan “Championat.asia” sayti nomidan muborakbod etamiz! Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Rahmat! Avvalo etibor uchun “Championat.asia” saytiga minnatdorchilik izhor qilaman! Bugungi o'yin biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. Yozyovon tumanining “Markaziy” o'yingohiga bugungi uchrashuvni kuzatish uchun ikki mingdan ziyod muxlislar tashrif buyurdi va ular o'z jamoalarini tinimsiz qo'llab-quvvatlab turdilar. Yozyovon klubini bugungi g'alaba bilan tabriklayman, ular ahil  jamoani shakllantirishganligi ko'rinib turibdi, ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Bugungi o'yindagi mag'lubiyatimizga futbolchilarimizdagi charchoq tasir ko'rsatdi. Biz uzoq yo'l bosib keldik, bir kun oldin Yozyovonga keldik. Lekin ayrim sabablarga ko'ra bir kun oldingi mashg'ulotni o'tkaza olmadik. Bugun ertalab tiklanish va chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazdik, badantarbiya bilan shug'ullandik, lekin buning o'zi etarli bo'lmadi deb o'ylayman, bu narsa o'yin vaqtida yaqqol ko'zga tashlandi. To'g'risini aytsam, men maydonda futbolchilarimizni taniy olmadim, ular o'z imkoniyatlarini to'la ko'rsatib bera olishmadi, toliqish tufayli bo'lsa kerak. Biz bu borada ishlashimiz kerak, keyingi o'yinlarda jamoani olis yo'lga, tezda tiklanish xolatlariga moslashtirish bo'yicha tizimli ishlarni yo'lga qo'yishimiz kerak, klub shifokorlari va mutaxassislari bilan bunday xolatlarni oldini olish bo'yicha ishlayapmiz. Futbolchilarni maydonda tezda charchab qolmasliklari uchun mutaxassislar tavsiyasiga ko'ra, tegishli ozuqalar bilan taminlash harakatidamiz. SHogirdlarim bilan bugungi yirik hisobdagi mag'lubiyatni unutib, keyingi o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik qilamiz.    

- Ikkinchi bo'limda jamoa kamchilik bo'lib qolgan bo'lsada, munosib o'yin ko'rsatdi. Bu tanaffusda “SHerdor” klubi murabbiylarining sehrli so'zlarni opa olganligidan dalolatmi? Bir qarashda ikkinchi bo'limda raqib jamoa yanada ko'proq gol uradigandek taassurot uyg'ongandi...
-Ikkinchi taymda o'yinimiz haqiqatdan ham bir oz jonlandi. Yigitlar asta-sekin o'yinnga moslasha boshlashdi. Birinchi bo'limdagi vaziyatlarga o'zimiz aybdormiz, murabbiylar shtabi birinchi bo'lim uchun aybni o'z zimmasiga oladi. Tanaffusda yigitlarni ruhlantira oldik shekilli, ikkinchi bo'limda o'yinimizda o'zgarish kuzatildi, xatto kamchilik bo'lsakda golga tortadigan xavfli vaziyalarni yarata oldik. Bizning futbolchilar asosan mahalliy futbolchilardan shakllantirilgan. Futbolchilar Samarqand viloyatining tuman va shaharlaridan klubmizga jalb etilgan. Agar mendan so'rashsa, shogirdlarimga rahmat aytaman, ular klubimizda biroz moliyaviy qiyinchiliklar mavjud bo'lsada, Vatan uchun, o'zbek futboli rivoji uchun maydonda borlarini berib harakat qilmoqdalar. Jamoamizga tajribali va o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchilar etishmayapti, shu kabi omillar bugungi o'yinga tasir ko'rsatdi. Futbolchilarmiz ikkinchi ligadan PRO-ligaga bu yil qo'shilganligini hisobga olsak, o'yindan o'yinga kuchayib boramiz deb o'ylayman.              

- O'zbek futbolidagi bugungi islohotlar. Super-liga va PRO-Liga formatlari. Yangicha yondashuv. Baxtiyor aka,  bu islohotlar o'zbek futboli rivojiga qanday tasir ko'rsatmoqda?
- Men bu o'zgarishlar borasida baralla aytaman, men bu yangilanishlarni olqishlayman! Mana ko'rib turibsizlar, bu yilgi chempionatlarda qattiqqo'llik bilan ish yuritilmoqda, xech kim qimning qilgan xatosi kechirilmayapti, aksincha jazolanmoqda. Buning evaziga nima bo'ladi? Buning evaziga biz Qatar-2002ga yanada yaqinlashamiz, o'zbek futboli bundan faqat yutadi! Ichki chempionatlarimiz qancha kuchaysa, xalqaro maydonlarda bizga shuncha oson bo'ladi. Men butun Samarqand viloyati futbol mutasaddilari, mutaxassilari va klubimiz nomidan O'FAga, PFLga olib borayotgan odilona islohotlari uchun minnatdorchilik izxor qilaman, kelgusidagi faolyatlarida kuch - quvvat tilayman!      

- Mazmunli suhbat uchun rahmat! Kelasi uchrashuvlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bekzod Tolibov suhbatlashdi          

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика