So’nggi yangiliklar

17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  13 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  2 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  9 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  5 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  15 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12

Baxtiyor Sattarov: "SHerdor" futbolchilarining ota-onalariga minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

Baxtiyor Sattarov: "SHerdor" futbolchilarining ota-onalariga minnatdorchilik bildiraman"

“Iftixor” - “SHerdor” (1:1) jamoalari uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Assalomu alaykum, Baxtiyor  aka! Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Bugun juda og'ir va qiyin o'yin o'tkazdik. Biz shuncha uzoq yo'l bosib keldik. “Iftixor” jamoasi yaxshi shakllangan, biz bu jamoada tajribali futbolchilar jamlanganligini bilar edik. Mana uchrashuv davomida  raqib jamoani kuchi qay darajada ekanligini bildik. Tabiatning bir oz injiqligi tufaylimi, yoki boshqa sabablar bormi,  maydon sifati borasida bir oz etirozim bor. Maydon bizning o'yinimizni to'liq ko'rsata olishimizga imkon bermadi. Uchrashuv oxirida, o'zingiz guvoh bo'ldingiz, ikki marta birga bir vaziyatda gol ura olmadik. Bugun biz yutib keptishimiz ham mumkin edi. Bu menimcha futbolchilarimizga tajriba etishmaganligidan dalolat, biz buning ustida ishlaymiz albatta. Uchrashuvda durang natija qayd etildi, men istardimki, ushbu o'yinda do'stlik g'alaba qozondi deb hamma aytishini, chunki o'yin shunga mos darajada bo'ldi.    

- “SHerdor” jamosining birinchi davrada ko'rsatgan o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Jamoani birinchi davrada ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim, futbolchilarmizga rahmat deyman, ular bunga munosib. Men bosh murabbiy sifatida jamoamizdagi barcha futbolchilarni ota-onalariga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilarimiz yanada o'sishi kerak, o'z ustilarida ishlashlari kerak. Biz bunga bor imkoniyatimizni ishga solgan xolda ko'maklashamiz.      

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика