So’nggi yangiliklar

22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  0 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  1 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  17 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  3 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  21 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  5 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4

Baxtiyor Sattarov: "Bosh sovrin uchun oxirgicha kurashamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Sattarov: "Bosh sovrin uchun oxirgicha kurashamiz"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Metallurg" (1:2) yoshlari uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarov fikrlarini bildirib o'tdi.

 
"Bugungi uchrashuv jamoamiz uchun juda og'ir kechdi.  Birinchi bo'limda futbolchilar yomon o'yin nomoish etmadi.  Ikkinchi bo'limda esa maydonga tushgan barcha futbolchilar bildirilgan ishonchimni oqlay olmadi.  Ularga topshirilgan vazifalarni maydonda ko'rsatib bera olmadilar.  Yigitlarga iroda va o'ziga bo'lgan ishonch etishmadi.  Maydonga tushayotgan har bir futbolchi nima uchun chiqqanini bilishi kerak hamda murabbiy ko'rsatmalarini bajarishi lozim.  Bazi futbolchilardan buni ko'rmadim.  Ko'rsatmalar bajarilmay qoldi va mag'lubiyatga sabab bo'ldi.  Bunda bosh murabbiy aybdor bo'ladi.  O'yinni qayta ko'rgandan so'ng bu o'yinni taxlil qilamiz.  Futbolchilar bilan ruhiyat borasida ko'p ishlash kerak.  Ayniqsa yosh futbolchilar maydonda o'zini yo'qotib qo'ymoqda.  Aslida 18-19 yoshli futbolchilar allaqachon katta futbolga moslashishi lozim.  18 -19 yosh futbolchini endi bunday yosh bolalarcha xato qilishga haqqi yo'q edi", -  - deydi Baxtiyor Sattarov


- Yoshlar jamoasida birinchi marta bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqdasiz? Ortda qolgan uchta o'yindan so'ng umumiy fikrlar qanday bo'lmoqda?

Turdan-turga futbolchilarni imkoniyatlarini,  jismoniy tayyorgarliklarini,  ruhiy holatini,  taktik va texnik tayyorgarliklarini o'rgangan holda taxlil qilib bormoqdaman.  Beshinchi-oltinchi turlarga borib barcha futbolchilarning qay darajada salohiyatga ega ekanligini bilib olishim mumkin.  Birinchi turda futbolchilar irodali o'yin ko'rsatgan edi.  0: 2 hisobida ortda qolgan jamoa bu vaziyatdan chiqib ketdi 3: 2 .  Safarda "Andijon" bilan uchrashuvda esa oxirgi daqiqalarda yo'l qo'yilgan xato qimmatli ikki ochkodan mahrum qildi.  

- Amaldagi yoshlar ligasi chempionini vazifasi nimadan iborat ? Jamoani qabul qilib olayotgan vaqtingizda rahbariyat Sizga qanday vazifalar qo'yishdilar ?

Jamoani qabul qilib olayotgan vaqtimda rahbariyat menga aniq vazifalarni belgilab berdi.  Kelayotgan mavsumga asosiy tarkib jamoasining kuchsiz chiziqlarini o'zimizning yoshlar bilan to'ldirish va ularni munosib futbolchi qilib tarbiyalash bosh maqsad qilib qo'yildi.  Fikrimcha yoshlar ligasining asosiy maqsadlaridan biri bosh jamoasiga munosib futbolchilarni tayyorlashdan iboratdir.  Biz bu mavsum ham bosh sovrin uchun oxirgi turgacha kurash olib boramiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика