So’nggi yangiliklar

08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  0 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  12 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  1 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  7 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0

Baxtiyor Hamidullaev: "Bunday futbolchilar menga kerak emas" Yangiliklar

Baxtiyor Hamidullaev: "Bunday futbolchilar menga kerak emas"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum"(0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugun juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Qanday bo'lmasin g'alaba qozonishimiz kerak edi. O'tgan turda yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganimiz ruhiy tomondan bugungi o'yinga ham tasir qildi. Deyarli imkoniyatga ham ega bo'lmadik. Yigitlar avvalgi turlarda ko'rsatgan o'yinlarini amalga oshira olishmadi. 

Ushbu uchrashuv joriy mavsumda o'z maydonimizdagi oxirgisi edi. Nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgandi. Futbolchilarda shijoat, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni ko'rmadim. 

Maydon markazida Abdulloh Olimovni o'ynatib ko'ryapmiz, u jarohatidan keyin to'liq tiklanmagan. Doniyor Abdumannopov ham belidan jarohat olib safdan chiqdi. SHuningdek darvozabonimiz jarohat olgan. Mavsum oxirida barchasi jam bo'lib, jarohatlar yuzaga chiqadigan payt keldi. Markazda va oldingi chiziqda hech narsa o'xshamadi. Faqat himoyachilar va darvozabon haqiqatga yaqin o'ynashdi. Qolgan barcha chiziqlardan noroziman. 

So'nggi to'rtta turni neytral maydonda o'tishi qo'shimcha muammo tug'dirib bo'ldi. Keyingi o'yinlarda iloji boricha yosh futbolchilarni tarkibga qo'yaman. Bunday futbolchilar menga kerak emas",- deydi Baxtiyor Hamidullaev.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика