So’nggi yangiliklar

03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  4 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  26 03:20ЕЧЛ. "Барселона" ўз уйида "Копенгаген"ни мағлубиятга учратиб, умумий гуруҳ босқичини 5-ўринда якунлади  28 03:10ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"  48 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Галатасарой"ни мағлубиятга учратиб, тўғридан-тўғри кейинги босқичга йўл олди!  13 00:59ФИФА 2025 йилда трансфер учун энг кўп пул ишлатган клублар номини маълум қилди  3 00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  2 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  8 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  4 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  6 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0

Baxtiyor Boboev: "Balki Qosimov kelar, balki o'zim qolarman" Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: "Balki Qosimov kelar, balki o'zim qolarman"

"Bunyodkor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Baxtiyor Boboev qatnashdi.

"Bugungi bayram bilan barchangizni tabriklayman. "Neftchi" bilan o'yindan keyin Sergey Lushan istefoga chiqdi. SHundan so'ng ayrim yoshlarimizda ruhiy tushkunlik bo'ldi. Bu ikkinchi bo'limda bilindi. O'yinni yaxshi boshlagan edik. Yoki gol urganimizdan keyin shunday bo'ldimi. Rejamizga ko'ra 1:0 dan keyin qarshi hujumda o'ynashimiz kerak edi. SHu vazifani bajara olmadik", - deydi Baxtiyor Boboev. 

- Gol urgandan keyin jizzaxliklarga imkon berildi, himoyaga yotib olish uchun erta emasmidi?
- Atayin berib qo'ydik demayman. O'yinga jiddiy hozirlik ko'rgan edik. Birinchi davrada "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy bergandik. SHuning uchun o'zga xos reja bilan tushgandik. Ammo oddiy epizodlarda ko'p bor to'p yo'qotdik.

- Bugun Zuhurov va Jo'raev o'rniga SHodiev hamda To'raev maydonga tushdi. Bu sizning qaroringizmi yoki Lushanga yordam berib kelgan Amet Memetning?
- Darvozabon masalasida Abdusattor Rahimovning tavsiyasiga amal kildik. Boisi Murod ketma-ket ko'plab o'yinlar o'tkazdi va unda charchoq alomati bor edi. Dilshod esa birinchi davrada asosan 1-ligada o'ynagani bo'ldi. Keyin u "Neftchi" bilan o'yinda xatolarga yo'l ko'ygandi.

- Penalti masalasiga nima deysiz?
- Buni takroriy lavhani ko'rib aytishim mumkin. Pasdan bu holatni yaxshi ko'ra olmaysiz.

- So'nggi marotaba bosh murabbiy sifatida jamoani maydonga olib tushganingizga ham ancha bo'ldi. Hayajon buldimi?
- so'nggi marotaba 2001 yil jamoani maydonga olib tushgan ekanman. Yillar davomida mashina haydamasangiz bilinishi mumkin. Lekin shu yillar davomida mashg'ulotdan tashqari bo'lmadim. Qolaversa mening oldimda Yuriy Vazgenovich, Amet Memet va Augustin CHirica kabi yordamchilar bor.

- Mirjalol Qosimovning nomzodi ko'rilyaptimi? Bugun muxlislar ham stadionda buni talab qildilar.
- Bizning o'z yo'limiz bor va undan chetga chiqmaymiz. Jamoamiz murabbiyi kim bo'lishidan qatiy nazar rejadan chetga chiqmaymiz. Hozir rahbariyat biroz kutish kerakligini shunga qarab murabbiylar bilan muzokara olib borishdarini aytishdi. Qosimov esa bu ro'yxatda birinchi bo'lib turibdi. Oldimizda ikkita o'yin va kubok finali bor. Bu narsa balki shu o'yin natijasiga qarab hal kilarmiz, balki o'zim davom ettiraman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика