Baxtiyor Boboev: "Asosiy urg'uni yoshlarga qaratamiz"
27 noy 2014 11:16
Yangiliklar
Baxtiyor Boboev: "Asosiy urg'uni yoshlarga qaratamiz"
2014 yilgi futbol mavsumi nihoyasiga etdi. Ortda qolgan mavsum haqida “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktori Baxtiyor Boboevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Yakunlangan mavsumni “Bunyodkor” uchun qanday o'tdi, deb baholash mumkin?
- Bir meyorda emas. Bizning klubimizda har yili eng yuqori marralar – har bir musobaqada g'olib chiqish vazifasi qo'yiladi. Bir yil muqaddam ichki musobaqalardagi barcha sovrinlarga ega chiqqandik. Bu yil esa bahor oyida o'tgan superkubok g'olibligi bilan cheklandik. Osiyo CHempionlar ligasidagi minimum vazifa – guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tishni uddaladik. Mamlakat kubogi finaliga yo'l oldik. Yakunda esa biz ilk bor chempionat va kubok bahslarida sovrinsiz qoldik.
- Buning sababi nimada, deb o'ylaysiz?
- Bir qancha sabablarni keltirish mumkin. Birinchidan, tarkibda katta almashishlar yuz berdi. Ikkinchidan, murabbiylar shtabida ham o'zgarishlar bo'ldi. Uchinchidan, mavsum yakuniga kelibgina o'z stadionimizda o'ynay boshladik... Qolaversa, futbolda har doim bitta jamoa g'olib chiqavermaydi. SHuningdek, mavsumni bizdan yaxshi o'tkazgan raqiblarimiz o'yinini ham etirof etish kerak. Fursatdan foydalanib, “Paxtakor”ni chempionlik va “Lokomotiv”ni kubokni qo'lga kiritgani bilan tabriklamoqchiman.
- Agar qarshi bo'lmasangiz, yana bir bosh omilga to'xtalib o'tsak. Balki jamoa etakchilarning asosiy raqiblar tarkibiga borib qo'shilishi ham tasir o'tkazgandir?
- Biz XXI asrda yashayapmiz. Klubga bo'lgan muxabbat oldingi davrda qolib ketganga o'xshaydi. Hammasi oddiy va sodda – yil boshida “Lokomotiv” Ignatiy Nesterov, Jasur Hasanov, Lutfulla To'raevga, keyinroq Artyom Filiposyanga yaxshi shartnoma taklif qilishdi. SHuningdek, asosiy tarkibimizning boshqa azolari Igor Taran va Marko Blajich bilan ham xayrlashdik. To'g'ri, jamoani kuchaytirish maqsadida boshqa jamoalar tarkiblarida o'zlarini ko'rsatishgan futbolchilarni chaqirdik. Lekin ularning ko'pchiligi “Bunyodkor”ning o'yin uslubiga moslasha olishmadi. Bu hol mavsum boshlanmasidanoq kuzatildi. O'ylaymanki, Jahongir Jiyamurodov, Mansur Saidov, Alisher SHog'ulomov, Rustam Azamov va boshqalar hali o'z so'zlarini aytishadi. Mavsum boshida taklif etilganlardan faqatgina Vohid SHodiev asosiy tarkibda muntazam o'ynab ketdi. Legionerlarning ham o'yini ochilib ketmadi. Ayniqsa, o'tgan yili kubok va chempionlikda g'olib chiqishimizda katta yordam bergan Oleksandr Pishurning o'yini qovushmadi.
- Mirjalol Qosimov terma jamoa bilan ham ishlashi malum edi. Bu jihat ko'pchilikka malum edi. Jamoa boshqaruvidagi o'zgarishni yil boshidayoq amalga oshirsa bo'lmasmidi?
- Mirjalol Qosimovning jamoamiz bosh murabbiyligida olib borgan xizmatlari uchun minnatdormiz. Mirjalol Qo'shoqovich jamoani tark etayotganida, klub raxbariyati u bilan birga yonma-yon ishlagan murabbiylarga ishonch bildirishni maqul ko'rgandi. Bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimiga Aleksandr Volkov tayinlandi. Uning boshchiligida Osiyo CHempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga yo'llanma oldik. Bu vaqtda jamoa chempionatda ochko yo'qota boshlagandi. SHunda jamoada avlodlar almashinuvi davri kelganligi malum bo'lib qoldi. Ko'pchilik, jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tashqaridan mashhurroq mutaxassisni taklif etilishini ko'tgandi. Lekin, so'nggi yillarda futbol maktabimizga rahbarlik qilgan va tarkibdagi yosh futbolchilarni hammadan ham yaxshi bilgan Sergey Lushanga ishonch bildirishni maqul topdik. Bu o'zgarish natijasida asosiy tarkibga bir qancha yosh futbolchilar jalb etila boshlandi. Zabixillo O'rinboev, Dostonbek Hamdamov, Akramjon Komilov, Xurshid G'iyosov, Nuriddin Asqarov va Temur Ayupov asosiy tarkibda o'ynay boshlashdi. Bunday rivojlanish natijasida qimmatli ochkolar boy berilishiga bilardik va shunday bo'ldi ham. Lekin o'z tarbiyalanuvchilarimiz hisobiga yangi jamoa tuzishni boshlab oldik.
- Yosh futbolchilarni ko'pchilik tanib ulgurgan. Masalan Zabixillo O'rinboev uchta jahon chempionatida qatnashgan ilk futbolchiga aylanishi mumkin...
- “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari terma jamoalarga taklif etilayotganidan xursandmiz. Klubda orttirilgan tajriba ularning terma jamoadagi ishtirokiga ijobiy tasir o'tkazib, kelasi yili Yangi Zelandiya mamlakatida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritildi. Umuman olganda, akademiyamizning sakkiz nafar tarbiyalanuvchisi Osiyo CHempionatida terma jamoamiz sharafini himoya qildi. Bu esa klub to'g'ri yo'ldan rivojlanayotganini ko'rsatib turibdi. Agar Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev, Dilshod Jo'raev, Javlon Ibroximov kabi boshqalarga nisbatan yoshroq bo'lgan futbolchilarni ham qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, bizda yaxshigina shijoat borligiga guvoh bo'lamiz. Sergey Lushanning yuqorida sanab o'tgan shogirdlariga imkon berishi, nafaqat ularning o'ziga balki boshqa yoshlarga “agar o'z ustingizda ishlasangiz siz ham asosiy tarkibga kirishingiz mumkin” degan chaqiruv bo'lishi kerak. Bunday futbolchilar bizda oz emas – yoshlar ligasi bahslarida etakchilarsiz qolishimizga qaramasdan jamoamiz uchtalikka kirdi.
- CHempionatning ayni qizigan paytida yosh futbolchilarimiz turli yoshdagi terma jamoalar yig'inlariga yo'l olishdi va klubga yordam berisholmadi. Siz bunga qanday qaraysiz?
- Afsuski, juda ko'pchilik yoshlar aynan katta futbolga o'tish davrida yo'qolib qolyaptilar. “Bunyodkor” mamlakatimiz futbolining rivojlantirish yo'lida o'z hissasini qo'shishga harakat qilmoqda. Aynan bu yil yuqorida qayd etib o'tgan yosh futbolchilar asosiy tarkibda ko'plab o'yin o'tkazishdi va bu jihat har tomonlama samarali bo'ldi. Ular hali juda ko'plab quvonchli onlarni taqdim etishiga shubha qilmayman. O'FF va PFL bilan birgalikda bunday yoshdagi futbolchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ish olib borish kerak, deb o'ylayman. Masalan, O'zPFL reglamentiga milliy va olimpiya terma jamoalariga o'yinchi etkazib beradigan klublarnigina emas, balki yoshlar va o'smirlar termalariga o'z futbolchisini yuborgan jamoalarning o'yinlarini qulay muddatga ko'chirish kerak. Masalan, kuz oyida birdaniga to'qqiz nafar futbolchilar bir vaqtning o'zida terma jamoalar lagerida bo'lishdi: uchtasi milliy terma jamoa safida Osiyo o'yinlarida, olti nafari yoshlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida. Etiborlisi, yoshlar tarkibiga chaqirilgan oltita futbolchining uchtasi “Bunyodkor”ning asosiy tarkibida harakat qilib kelayotgandi. Jumladan, Akramjon Komilov chap qanotda jamoamiz bilan besh marotaba chempion bo'lgan Sahob Jo'raevdan asosiy tarkibdagi joyni tortib oldi. Yoz oyida Sahob boshqa klubga o'tishiga to'g'ri keldi. Demak, bir vaqtning o'zida turli yoshdagi terma jamoalarga futbolchi bergan klubning o'yinini boshqa muddatga qoldirishsa yoki taqvim tuzilayotganida bu jihatga etibor qaratishsa adolatli bo'lardi. SHuningdek, bu holat muxlislarga ham qiziq bo'lib, ana shunda jamoalarning to'liq kuch bilan o'ynashiga guvoh bo'lardi.
- Yana bir mavzuga to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Jamoa azolari jurnalistlar bilan muloqotda bosh murabbiydan va jamoadagi ichki muhitdan nolishdi. Bu borada fikringiz qanday?
- Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Bunga barcha mamlakatlar va ligalarda guvoh bo'lish mumkin. Qachonki bosh murabbiy o'zgarsa, u holda jamoadagi futbolchilar yana o'zlarini ko'rsatishiga to'g'ri keladi. Sergey Ivanovich Lushan tarkibdagi barcha futbolchilarga imkon berdi. Kimdur imkoniyatdan foydalandi, kimlardur esa yo'q. Masalan, yaponiyalik Minori Sato yil boshida hatto uchrashuv qaydnomasiga ham kira olmagandi. Ikkinchi davrada esa u asosiy futbolchilarimizdan biriga aylandi. Lekin Alibobo Rahmatullaev, Aleksandr Pishur va boshqa bazi futbolchilar yangi murabbiyda o'zlarining bugungi holati borasida iliq taassurot qoldira olishmadi. SHaxsan mening fikrim shunday: atrofdan aybdorlarni qidirish shart emas, balki o'z ustida ishlab bor mahoratini uchrashuvlarda isbotlash kerak. Ishoning, hech bir murabbiy yaxshi saviyadagi futbolchisini zaxirada ushlab o'tirmaydi.
- Endi stadion haqida. Jamoa mavsum davomida turli stadionlarda to'p tepdi. Bu natijaga tasir o'tkazdimi?
- Fikrimni o'zimizni oqlash sifatida qabul qilmasligingizni so'rardim. Uy stadionida to'p tepish baribir boshqacha. O'z maydonimiz maysalari tayyor bo'lmagani bois raqiblarimizni boshqa stadionlarda qabul qildik. Yangi mavsumdagi uy uchrashuvlarimizni “Bunyodkor” stadionida o'tkazamiz. O'ylaymanki, bu jihat natijalarimiz yaxshilanishiga sabab bo'ladi.
- Jamoa tarkibida qanday o'zgarishlar yuz beradi?
- O'z tarbiyalanuvchilarimizga ishonishda davom etamiz. Bu borada futbol maktabimiz tomonidan olib borilayotgan ishga yuqori baho bermoqchiman. Oxirgi vaqtlarda bolalar va o'smirlarimiz xorijiy mamlakatlardagi musobaqalardan muntazam ravishda taklif olishib, ularda anchayin toblanib kelishmoqda. Futbol akademiyamizning bosh vazifasi – asosiy tarkibga futbolchi etkazib berish. Tarkibga albatta boshqa jamoalarda o'zlarini ko'rsatishgan va o'yinimizni kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilar ham taklif etiladilar. Yangilarning nomlari haqida qachonki ular bilan amalda shartnoma tuzib bo'lganimizdan so'ng gaplashamiz. Vazifa o'sha-o'sha – “Bunyodkor” o'zi ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g'olib chiqish uchun kurashga kirishadi.
Mirzahakim To'xtamirzaev

Fikrlar