So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Baxtiyor Ashurmatov: "Juda alamli mag'lubiyat bo'ldi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Juda alamli mag'lubiyat bo'ldi"

"Navbahor" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
"To'g'risi aytsam juda ham alamli mag'lubiyat bo'ldi. O'yin jangovor tarzda o'tdi, muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Himoyada ko'proq o'ynasak ham qarshi hujumlarda gol urishga intildik. Durang bizni qoniqtirsa ham oxirigacha g'alabaga umid qildik. SHu sababli ham Abdumalik Abdullaevni maydonga tushirdim. Bugun har ikkala jamoa posbonlari yaxshi o'ynashdi. Raqib darvozaboni Aleksandr Lobanov bir-ikkita xavfli zarbalardan so'ng to'pni qaytardi", - deb gap boshladi Ashurmatov.

"Ochig'i hakamlik haqida gapirishni xohlamayman".

"Bugun faqat SHahboz Erkinovni hujumda tushurdim. Kachurga hech qanday etirozim yo'q. SHunchaki raqibga qarab bitta hujumchi bilan o'ynadim. Mansur Saidov va Bobur Akbarov zaxirada qoldirildi. Dilshod Jabborovning tayyorgarligi yaxshi bo'lgani uchun unga ishondim. Jarohatidan endi qutulgan Azim Ahmedov bugun markazda juda faol o'ynadi".

"Osiyo o'yinlarida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborib mag'lub bo'ldik. Bunday holatlarda javob to'pi kiritishning imkoniyati qolmaydi. Bugun xuddi shunday holat takrorlandi..."

"Mavsum yakuniga ko'ra oltinchi o'rinni olish vazifasi hali olib tashlanmadi. Oxirgi turga qadar shu o'ringa chiqish uchun harakat qilaveramiz".

"Agar mening terma jamoada ishlashim "Navbahor"ga qandaydir salbiy tasir ko'rsatsa rahbalar va muxlislarning istagini ham inobatga olaman va boshqa murabbiyga topshiraman. Lekin klub uchun borimni berishga tayyorman. Bu erda ishlash masuliyatli va sharafli deb hisoblayman".

"Andijon"ga qarshi o'tgan o'yinning diskini ko'rib chiqdim. "So'g'diyona" bilan bahs esa tasvirga olinmaganini aytishdi. Jizzax klubi bilan aloqaga chiqib diskni qo'lga kiritmoqchiman. Bizni jamoada o'yinni sotadigan futbolchi yo'q. Agar xudo saqlasin shunday futbolchi borligini bilib qolsam uni xalq oldiga chiqarib barcha aybini bo'yniga qo'yaman".

"Bugun kuchli jamoa g'alaba qozondi, sababi omad kuchlilarga kulib boqadi. Biz 5-6ta o'yinda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. Balki bizga kuch etishmayotgandir, balki etibor etishmayotgandir".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика