So’nggi yangiliklar

14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  13 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  9 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  21

Baxtiyor Ashurmatov: "To'pni nazorat qilish va himoyadan hujumga o'tishda muammolarga uchradik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "To'pni nazorat qilish va himoyadan hujumga o'tishda muammolarga uchradik"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor"- "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirdi.




"Uchrashuvdan oldin ham yigitlarga "Bunyodkor" o'z maydonida yaxshi o'yin ko'rsatishini takidlagan edik. Ularning ustun tomoni to'pni yaxshi nazorat qilishda. To'pni ushlab vaziyatlar yarata olishadi. Bugun mehmonda o'ynaganimizga qaramasdan ilk daqiqalardan ikkita hujumchi bilan harakat qildik. Oldingi chiziqda kutib olib to'p nazoratini o'z tomonimizga og'dirmoqchi edik, deya olaman. Birinchi bo'limda "Bunyodkor" kuchliroq o'yin ko'rsatdi. Standart vaziyatdan ikkita gol urdi. Yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishgani yo'q, oxirgi daqiqalargacha kurashishdi. Birga-bir vaziyatda gol urganimizda hech bo'lmaganda durangga erishishimiz mumkin edi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. SHuhrat aka Maqsudov gapni ochig'i hurmatga loyiq inson. Yaxshi murabbiy, deb bilaman. Yomon jamoa shakllantirmagan. Ikki jamoa ishtirokida chiroyli o'yin ko'rdik, deb o'ylayman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.

-O'yin juda ham jangovar o'tdi. Qattiq jang qilganinglar uchun xursand bo'ldik. Lekin xotirjamlik, o'yinni nazorat qilish etishmagandek ko'rindi. Siz o'ynagan davrlar esga tushdi. Markazda tempni ushlab turadigan, kerak bo'lsa o'yinni tezlashtiradigan futbolchi nima uchun yo'q?

- Fikringizga qo'shilaman. "Bunyodkor" tarkibini oladigan bo'lsak, Lutfulla To'raev juda mahoratli futbolchi. Tezkor bo'lmasada, o'yinni nazorat qildi. Yarim himoyada Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov, Farhod Bekmurodovlar yordamida to'pni olib qo'yish, qarshi hujumlar uyushtirish uchun imkon bo'lardi. Tarkibimizda Murod Holmuhammedov va Bobir Akbarovning yo'qligi bois uni himoyada o'ynatishga majbur bo'ldik. Natijada to'pni raqibdan olib qo'yishda oqsadik. Etakchining yo'qligi mavsum boshidan beri qiynab kelayotgan muammo. Afsuski futbolimizda oldingidek etakchi o'yinchi etishmayapti. Oldinlari Ravshan Bozorov deysizmi, yoki har bir jamoada shunday bo'lardi. Bugungi kunda barcha jamoalarga shunday tipdagi futbolchilar etishmayapti. Tan olish kerak, Server Jeparovdan so'ng terma jamoamizda ham lider o'inchi chiqmadi. 

- "Qo'qon-1912" tarkibida Muzaffar Abdullaev, Murod Holmuhammedov, Bobir Akbarov singari etakchilarning yo'qligi bilingandek bo'ldi. Ular navbatdagi turdagi uchrashuvlarga tayyor bo'lib ulguradimi?

- Gapning ochig'i Murod Holmuhammedovning yo'qligi o'yinimizga tasir qildi. Lekin bu futbol. Mag'lubiyatda buni sabab sifatida ko'rsata olmaymiz. Jamoada 23 nafar futbolchidan tashkil topgan. Ularning keyingi bahsga tayyor bo'lishi so'roq ostida. Balki undan so'ng safimizga qaytishlari mumkin. Yigitlarimizga xudo shifo berib tezroq qo'shilishlarini so'rab qolamiz. Murodning ustun tomoni standart vaziyatlar va himoyadan hujumga chiqishda xatosiz harakat qilishida. To'pni nazoratida va himoyadan hujumga chiqishda muammolarga uchradik. 

- Aleksandr Merzlyakovning holati qanday?

- Uni hozir ko'ramiz. Aleksandr Merzlyakovning boshi jarohat oldi. Navbatdagi bahsga tayyor bo'lishiga umid qilamiz. Jangovar o'yinchi. Jarohati bo'lsa ham o'ynab ketadi. Biroq bugun maydonda qolishi imkonsiz edi. Jamoamizdagi har bir yo'qotish bilinadi. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика