So’nggi yangiliklar

09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  9 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Tez orada "uyga" qaytamiz deb umid qilaman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Tez orada "uyga" qaytamiz deb umid qilaman"

Coca-Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Afsuski noxush anana davom etdi. Uyda g'alaba qozonishga qiynalayapmiz. Yigitlar o'yinda yomon harakat qilishmadi. "Navbahor"da gol urish koefficenti yuqori bo'ldi. Birinchi goldan so'ng katta kuch bilan oldinga o'tgandik, lekin raqib qarshi hujumda ikkinchi golni ham urib ketdi.

Bizda nimanidir o'zgartirish kerak. Rahbariyat va muxlislar oldida xijolatdamiz. Keyingi o'yinlarda g'alaba uchun harakat qilamiz.

- Quvondiq Ro'zievning o'rnini to'ldirish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirildi?


- Biz uning o'rnini to'ldirishga harakat qilayapmiz. O'sha nuqtada kamchiligimiz ko'rinib turibdi, lekin jamoamizga Ro'zievga o'xshagan xususiyatga ega futbolchi topilmayapti. Biz yozgi transferlar vaqtida "Lokomotiv"dan Javohir Sidiqovni olmoqchi edik, lekin amalga oshmay qoldi. Balki keyingi o'yinlarda o'sha chiziqda Anvar Hojimirzaevni sinab ko'rarmiz.

- Zahiradan o'yinchi tushirish kech amalga oshirildi?


- Birinchi bo'limda ham futbolchilarimizda xato yoki charchoq alomatlari ko'ringani yo'q. SHu sababdan biz zaxirani kechroq amalga oshirdik. Uydagi o'yinda 2 nafar hujumchi bilan o'ynashni istagandik, afsuski Hamidullo Abduhamidovda jarohat bor edi. Bundan tashqari Mo'min Meliev endigigina jarohatdan qaytgandi.

- Uchrashuvda ko'p hushtak chalindi. Bu o'yin darajasiga tasir ko'rsatdimi?


- Ikkinchi davrada hakamlarga etiroz bildirmagan holda o'ynashga ko'rsatmalarni bergandik. O'yinda ko'p hushtak chalinishi masalasini hakamlar qo'mitasi ko'rib chiqadi.

- Ishqibozlarning stadionga kiritilmasligi, uchrashuv Qo'qonda bo'lmaganligi o'yinga tasir ko'rsatadi deb hisoblaysizmi?

- Muxlislar stadionda bo'lgani o'yin jozibasini oshiradi. Gapning ochig'i muxlislarimiz qarshisida ham uydagi o'yinlarni yutqazganmiz. Bugungi mag'lubiyatga buni sabab qilib ko'rsatmoqchi emasman. Lekin ishqibozlarning stadionga kiritilmasligi katta yo'qotish. Pandemiya sabab shunday xolat yuzaga kelmoqda.

Stadion yoritgichlari bo'yicha harakat amalga oshirilmoqda. Tez orada nasib bo'lsa uydagi o'yinlarni o'z maydonimizda o'tkazamiz deb umid qilamiz.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика