So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  0 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  24 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o'yin, Muzaffarovning yo'qligi va keyingi o'yin haqida gapirdi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o'yin, Muzaffarovning yo'qligi va keyingi o'yin haqida gapirdi

"Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Uchrashuv haqida

Bugungi o'yin oldidan murabbiy sifatida biroz his-hayajon bor edi. CHunki, "Surxon" safida malakali futbolchilar etarli. Salomov, Kasyan, Stanoevich, G'ofurov kabi kuchli futbolchilar shular jumlasidandir. SHu sababli ham o'yin oldidan havotir bor edi.

Lekin yigitlar o'z o'yinlari bilan potencialimiz yuqori ekanligini ko'rsatishdi. Ushbu g'alaba uchun yigitlardan minnatdorman, ular bilan faxrlanaman. Uyda o'ynaganimiz uchun bosim uyushtirishimiz kerak edi, imkoniyatlarimiz yaxshi ekanligini futbolchilarimiz ko'rsatib berishdi, o'ylaymanki kelasi bahslarda ham shunday o'yinni saqlab qolamiz.


Birinchi va ikkinchi bo'limdagi farq?

Birinchi bo'limlarda jamoamiz tartibli o'yin namoyish etmoqda. Gol kiritganimizdan so'ng raqib tomonda ham bo'sh zonalar paydo bo'lmoqda va shu sabab qarshi hujumda ham o'ynayapmiz. Buning ortidan yana golli vaziyatlarga harakat qilyapmiz. SHu sababli golgacha yigitlarda ham bosim bo'lib turibdi. SHuning uchun o'yinimizni ikki qismga - golgacha va goldan keyin deb ajratsak bo'ladi. 

O'ylaymanki, bugun g'alabaga haqliroq bo'ldik. Ushbu o'yindan muxlislar ham xursand bo'lishdi. 


Muzaffar Muzaffarrov haqida

Muzaffar bugun o'yin qaydnomasiga kiritildi. Agar zaruriyat tug'ilganida uni 30 daqiqagacha o'yinga qo'yishimiz ham mumkin edi. Hisob 2:0 ko'rinishida bizning foydamizga ko'rinish olgani uchun boshqa yigitlarga imkon berdik. O'ylaymanki, u kelasi o'yinlrga 100 foiz tayyor bo'ladi. 


Keyingi turda Mashal bilan o'yin haqida

Albatta biz har bir uchrashuv oldidan raqib o'yinni jamoa bilan, murabbiylar shtabi bilan birga o'rganamiz, tahlil qilamiz. SHunga qarab o'yin taktikasini tanlaymiz, tayyorgarlik ko'ramiz. Bugungi g'alabada ham murabbiylar shtabimizdagi Zohid Nurmatov va Davron Fayziev, shuningdek boshqa mutaxassislarimizning yordami katta bo'ldi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, rahbariyat ham bizga imkoniyat yaratib bermoqda, buning uchun rahmat aytaman. Biz bunga javoban rahbariyat va muxlislarning ishonchini oqlashimiz lozim. 

Endi safardagi o'yinlarda bundan kuchliroq o'yin ko'rsatsak, natijamiz yanada yaxshilanishi mumkin.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика