So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  8 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Baxtiyor Ashurmatov: "Qo'qonlik muxlislar futbolni tushunishlariga yana bir bor amin bo'ldim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Qo'qonlik muxlislar futbolni tushunishlariga yana bir bor amin bo'ldim"

Coca-Coca Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Gapning ochig'i, bugun durang bo'lganiga qaramasdan mavsumning eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri guvohi bo'ldik. Bugungi o'yinda har ikki jamoa g'alaba qozonishi mumkin edi. Jamoalar bir-biriga munosib o'yin ko'rsatdi. Bu o'yindan so'ng yana bir bor amin bo'ldim, qo'qonlik muxlislar futbolni juda yaxshi tushunishadi. To'g'ri, o'zimizning maydonda ular bizdan g'alaba kutishgandi. Lekin yigitlar oxirigacha kurashishgani uchun ular bizni qo'llab-quvvatlashdi. Mavsum davomida ko'rsatilgan etibor uchun muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Keyingi yilga nasib qilsa bundan-da jangovor va yuqori o'rin uchun kurashadigan jamoa tuzamiz. Bugungi o'yinning dastlabki 15 daqiqalikni bo'sh o'tkazdik. SHu sabab raqib gol urib hisobda oldinga chiqib oldi. Undan keyingi daqiqalarda jamoa berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajardi, shu sabab yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Jarohatlar va kartochkalar ko'payib ketdi. "Navbahor" bilan o'yinda Oybek Rustamov kartochkalari sabab ishtirok eta olmaydi. 


- AGMK bugun g'alaba qozonsa 2-o'rinni qo'lga kiritishi mumkin edi. Bugun mehmonlarga g'alaba uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Men Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi AGMK o'yinini tahlil qilmoqchi emasman. O'yin davomida mag'lubiyatga uchrab turib yakunda duranga erishganimiz balki qoniqarli ko'rinishi mumkin. Bugun har ikki jamoaga g'alaba juda zarur edi. Bugun jamoalar vaqt cho'zishgani yo'q va oxirigacha kurashishdi. Bugungi o'yindagi natijamiz chempionatdagi intrigani saqlab qoldi.


- "Qo'qon-1912" jamoasining mavsum davomida ko'rsatgan o'yinlari borasidagi fikringiz qanday?

- Biz mehmonda uydagi o'yinlardan ko'ra yaxshiroq natijalarni ko'rsatdik. Afsuski, o'z maydonimizdagi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotdik. Masalan "Qizilqum" va "Bunyodkor"ga qarshi o'yinlarda ustunlikni boy berganimiz yo'q edi. Yuqori o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilsak, har bir chiziqda raqobatni kuchaytirishimiz kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика