So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  108 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  11 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Paxtakor" juda kuchli. Lekin bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Paxtakor" juda kuchli. Lekin bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi"

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK (1:2) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

Bugun murabbiylik faoliyatimdagi eng muhim o'yinlardan biri bo'ldi. CHunki murabbiy sifatida hech qachon finalga chiqmagandim, jamoa futbolchilarning ko'pchiligi ham oldin finalda o'ynashmagan.

SHu sababli yigitlarga bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermasligini uqtirdim. Bugun oxirgi jangga chiqqandek o'ynashlarini aytgandim. Xudoga shukur futbolchilar oxirigacha kurashishdi va g'alabaga erishdik.

"Bunyodkor" o'yin olib borish bo'yicha O'zbekistonning etakchi jamoalaridan biri. Bugungi ajoyib o'yin uchun o'z futbolchilarimga ham, raqib azolariga ham minnatdorchilik bildirib o'tgan bo'lardim.

- Hisob 2:0 bo'lganida beshinchi himoyachini tushurasiz deb kutgandim. Menimcha g'alabada aynan shu jihat rol o'ynadi. O'sha paytda nima uchun beshinchi himoyachini tushurmadingiz?

- To'g'ri fikr bildirdingiz. CHunki agar beshinchi himoyachini tushiradigan bo'lsam tayanch yarim himoyachilaridan birini olishim kerak bo'lardi. Hisob 2:1 bo'lganidan keyin katta hajmdagi ish bajargan va charchab qolgan Jasur Hasanovning o'rniga himoyachini tushurdim. O'yin qo'pol xatolarsiz o'tayotgandi shu sababli men shoshmadim. Nimanidir sindirib qo'yishdan qo'rqib beshinchi himoyachini tushirishdan qo'rqdim.




- Trifunovich AGMKga kelganidan beri yaxshi o'yin namoyish etganini ko'rmadik. Aynan nima uchun u xarid qilingan?

- "Bunyodkor"da o'ynaganidan ham oxirgi o'ynagan klublarida ham o'zidan yomon taassurot qoldirmagandi. Hujumchi muammosi paydo bo'lgach, shoshilinch tarzda futbolchi qidirdik. Ochig'i Filip Rayevacni ham olmoqchi bo'ldik. Boshqa variant chiqmagani uchun Trifunovichni jamoaga olib keldik. Biz undan juda ko'p narsa kutayapmiz. Lekin kelganidan keyin moslashish jarayoni qiyin kechdi, undan keyin jarohat oldi.

- Finalda "Paxtakor" bilan o'ynaysizlar. Tarkib va mahorat bo'yicha raqib ustunligi aniq. Finalga alohida yondoshuv bo'ladimi yoki hozirgi taktikadan voz kechmaysizmi?

- Bir necha yillardan buyon "Bunyodkor" jamoasi bir xil tarkib bilan o'ynab kelmoqda. SHu jihatdan bugungi o'yinda ham raqib bizdan ustun sanalgandi. Lekin mazkur uchrashuv barchasi maydonda hal bo'lishini ko'rsatib berdi.

"Paxtakor" juda kuchli jamoa. Bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi. Finalda futbolchilarda qo'shimcha kuch paydo bo'lishi aniq. "Paxtakor" bilan ham xuddi shunday jangovor o'yin namoyish etamiz degan umiddamiz.

Bugungi o'yinda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. O'yin oxirida tempni tushirish uchun o'yinchilarimiz tomonidan vaqt cho'zishga harakat bo'lgan bo'lsa muxlislardan va teleekran qarshisidagi tomoshabinlardan uzr so'ragan bo'lardim. Bu holat boshqa takrorlanmaydi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика