Baxtiyor Ashurmatov: "O'zbekiston milliy terma jamoasida bor vujudim bilan ishlashga tayyorman"
24 may 2014 12:07
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "O'zbekiston milliy terma jamoasida bor vujudim bilan ishlashga tayyorman"
Ashurmatovning milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabida ishlashi malum bo'lganidan so'ng u kishidan saytimiz uchun maxsus intervyu oldik.
Murabbiydan dastlab bahs munozalarga boy bo'layotgan "Paxtakor" - "Navbahor" o'yini haqidagi fikrlarini so'ardik.
"Paxtakor" - "Navbahor" bahsi haqida
Mazkur uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida bir qator junalistlar menga o'yindan oldin hakamlik haqida gapirmaslik haqida aytgandingiz, biroq bugun qora kiyim sohiblari xususida salbiy fikrlarni bildirib o'tmoqdasiz, kabi provokacion savollar bilan murojaat etdi. Albatta bu savollardan keyin har qanday mag'lubiyatga uchragan jamoa murabbiyi biroz qizishib ketishi aniq. O'yin to'g'risida endi aytadigan bo'lsam, bu uchrashuv haqiqatdan ham shu kungacha bahs munozaraga sabab bo'lmoqda. O'sha kuni o'yin videotasmasini ko'rib chiqqanimdan keyingina bu borada tayinli gap aytishim mumkinligini bildirib o'tgandim.
SHu bois bu borada mening fikrim muxlislar uchun qiziq bo'lishi mumkin. SHuni istardmiki, bu uchrashuv to'g'isidagi turli xil gap-so'zlarga chek qo'yilishik kerak. Sababi hayot davom etadi. Jamoalar kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'raveradi. Endi bundan bir naf chiqmaydi. Ishqibozlar ham kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonishimiz uchun qo'llab-quvvatlab turishi joiz bo'ladi. O'yinda "Navbahor" futbolchilarini atayin vaqt cho'zganlikda ko'plab fikrlar bildirildi. Lekin shu o'rinda men 2-3ta vaziyatlarga to'xtalib o'tmoqchiman. Misol uchun, Evropadagi o'yinlarni keltirib o'tadigan bo'lsak. "Everton" - "Manchester Siti" to'qnashuvida Edin Jeko elkasidan jarohat olib, adashmasam, 5 daqiqa yoki 7 daqiqa maydonda yotdi. Go'yoki uning elkasi chiqib ketgandek. SHifokorlar yordamidan so'ng hech nima bo'lmagandek, yana maydonga qaytib o'ynashni davom ettirdi. Demoqchimanki, futbolda hozir hamma joyda natija uchun qo'ldan kelganicha harakat qilmoqda. Har kim turli xil usullar bilan ochko jamg'arishga urinadi. Lekin shaxsan men shu kuni futbolchilarimga vaqt cho'zish haqida hech qanday ko'rsatma bermagandim. Baxtiyor Yoqubovga haqiqatdan ham jarohat etkazildi. SHuning uchun u maydonga yotib olgandi. Bu futbolchimizni navbatdagi Kubok o'yinida bizga yordam bera olmasligi malum bo'ldi. Ushbu uchrashuvda Yoqubov jarohat olgan paytda biz 3 nafar o'yinchimizni almashtirib bo'lgandik. SHu bois Baxtiyor o'yinning qolgan qismida bir amallab o'ynashga majbur bo'ldi. SHunga o'xshash gaplar Mansur Saidov misolida ham uchradi. Bu futbolchimiz ham chindan jaroxatga yo'liqqandi. Uchrashuvdan keyingi kunlari malum muddat mashg'ulotlarga ham ishtirok eta olmadi. SHu bois Mansurni ham almashtirishga majbur bo'ldik. SHukurali Po'latov bilan yuz bergan holatga ham to'xtalib o'tadigan bo'lsak, raqib futbolchisi to'pni darvozamiz tomon tepganidan so'ng, oyog'i bilan uning beliga tegdi. SHu sababli unda ham ko'kargan joylari turibdi. SHu bois bunday vaziyatlarda futbolchilarimiz rostdan ham jarohat olgandi. Bu bilan jamoamni oqlamoqchi emasman. SHaxsan o'zim ham bunday holatlarga qarshiman. CHunki xalol o'yin tarafdoriman. O'z futbolchilarimga raqib o'yinchilari jarohat olib maydonda yotganida, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishlarini aytaman.
Uchrashuvdagi hakamlik haqida fikr bildiradigan bo'lsam, avvalo Berdimurodovni maydondan chetlatilgan vaziyatga to'xtalib o'taman. Bunday holatlar 50x50 baholanadi. Ko'p narsa bosh hakamning o'yin borishiga bo'lgan nigohiga bog'liq bo'ladi. Xususan Berdimurodov maydonda ikkita to'p paydo bo'lgani uchun ulardan birini maydon chetiga chiqarib yubormoqchi bo'lib, to'pni tepib yubordi. Bu vaziyatda futbolchi kim bo'lishidan qatiy nazar hakam qizil kartochka ko'rsatmasa, hech kim bunga ortiqcha etiroz bildirmas edi. Rijko bilan bog'liq holatga keladigan bo'lsak, birinchidan u erda 100 foiz Rijko raqib futbolchisini aniq urganmi yoki urmaganmi? Buni hozir aniq aytib berish uchun translaciya sifati yuqori darajada bo'lishi kerak. Hattoki o'yinni tasvirga tushirgan klub operatorlari va TV xodimlari tomonidan tasvirga tushirilgan o'yinni ko'rib chiqadigan bo'lsangiz u erda ham bu vaziyat aniq ko'rsatilmagan. CHunki o'sha vaziyat uzoq masofadan olingan. SHu sababli bu borada qanchalik bahs munozara bo'lmasin, aslida kim haq, kim nohaqligini aytish mushkul. Bunday vaziyatlar boshqa uchrashuvlarda ham uchrab turadi. Agarda hakam penalti bermagan taqdirda ham bu vaziyat u qadar ko'p bahs munozara bo'lmasdi. Agarda o'yin videoyozuvi ko'rib chiqilsa, Rijkoni raqib o'yinchisi urib ketgan vaziyatni ham ko'rib chiqish kerak. Hakam bu vaziyatni ko'rib, ko'rmaslikka oldi. Biz ham endi bunday o'yinlardan keyin yanada kuchliroq bo'lamiz. O'yinchilarimiz jarohat olsa ham, tezroq turib o'ynab ketishiga, raqib jamoa futbolchilari provakaciya qilsa ham javob bermaslikka, Paxtakor bilanmi yoki Bunyodkorga qarshi o'ynasak ham ochiq futbol namoyish qilishga, hakamlar noto'g'ri qarorlar chiqarsa ham asabiylashmasdan, irodani metin qilib, o'yin oxiriga qadar kurashishga tayyoralanamiz. Axir hakamlar ham inson, ularning hato qilishga haqqi bor.
Yoki birinchi bo'limda Azim Ahmedovga ko'rsatilgan sariq kartochkaga keladigan bo'lsak, aslida o'sha vaziyatda jarima maydoni chizig'i tashqarisida hech qanday jarima to'pi yo'q edi. Lekin Ahmedovga sariq kartochka ko'rsatilib, jarima zarbasi belgilandi. Huddi birinchi taymning o'zida Yoqubov raqibidan o'tib ketganidan keyin uni ortidan turtib yuborib yiqitdi, lekin bu vaziyatda ularga sariq kartochka berilmadi. Bularning hammasi bosh hakamning futbolga bo'lgan qarashlariga bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu bois bunday bahs munozaralari holatlarda aslida kim haq, kim nohaqligini isbotlash qiyin deb o'ylayman.
"Paxtakor"ga o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan jarayonimizda, bu jamoaning safarda "Buxoro"ga qarshi o'tkazgan bahsini ko'rib chiqqandik. Bir vaziyatda maydon egalari "Paxtakor" darvozasi tomon hujum uyushtirdi, to'p oshirildi va Buxoro hujumchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketayotganida, boshqa to'pga yugurmagan futbolchi esa o'yindan tashqari holatda edi. Lekin bu vaziyatni hakamlar o'yindan tashqari holat deb ko'rsatdi. Aslida unday qilmasa ham bo'lardi.
Yoki bu jamoaning oldingi turlarning birida "Dinamo"ga qarshi o'tkazgan uchrashuviga keladigan bo'lsak, hakam ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 5 daqiqa vaqt qo'shib berib, lekin gol 5-daqiqadan ham o'tib ketganda urildi. To'g'ri qo'shib berilgan 5 daqiqa mobaynida yana qandaydir o'yinda uzilishlar bo'lgandir. Biroq hakam shu kuni 5 daqiqadan kamroq daqiqa qo'shib berganida va o'yinni tugatganida uchrashuv referisiga ortiqcha etiroz bo'lmasdi.
Yoxud "Paxtakor"ning "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazgan bahsida 2:2 bo'lgan vaziyatni oladigan bo'lsak, to'p Jamshid Iskanderovning qo'liga tegdi. Agarda hakam xohlaganida to'p futbolchini qo'liga tegdi deb, jarima to'pi belgilashi ham mumkin edi. SHunda "Paxtakor" gol kirita olmagan bo'lardi. Yoki uchrashuv hakam o'yinni to'xtamadi, to'p futbolchining qo'liga to'satdan tekkani uchun. SHu sababli bunday 50x50 holatlardan keyin menda shunday taassurot tug'ildiki, bosh hakam "Navbahor" xato qilishini kutib turgandek tuyuldi.
Yana shuni ham aytib o'tishni istardimki, "Paxtakor"ga o'yinimizdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida "sherlar" menejeri Samvel aka Babayan o'z fikrlarini bildirar ekan, shunaqangi uchurashuvlar bizni yanada kuchliroq qiladi. O'yin oxirida gol kiritib, g'alaba qozonish ham kelgusida kuchliroq bo'lishimizga xizmat qiladi qabilidagi fikrlarni ilgari surgan. Bu juda ham to'g'ri aytilgan gaplardir. CHunki oldin "Paxtakor" maydoniga raqib jamoalar go'yoki oldindan tan olgandek, qo'l ko'tarib kelardi. Bu yil esa o'rtamiyona jamoalar ham etakchi klublarga qarshi uchrashuvlarda jiddiy kurashib, ularga bir qator qiyinchilik tug'dirmoqda.
Bu narsa o'zbek futbolining yutug'i deb hisoblayman. CHunki shu kuni "Paxtakor" jamoasi "Navbahor" ustidan g'alaba qozonish uchun qanchalik qiynaldi va ter to'kdi. Agarda oliy ligada jamoalar mana shunday qiyin g'alabalarga erishsa, bu fubolchilarimizga OCHL va terma jamoa safidiga o'yinlarda juda katta ijobiy tasirini o'tkazishi tayin. SHunday katta qiyinchilik bilan erishilgan g'alabalardan keyin futbolchilar ham xalqaro maydondagi uchrashuvlarga toblangan holatda chiqadi. Bu narsa bizning jamoani ham kelgusida yanada kuchliroq qiladi. Iloji bo'lsa, keyingi turlarda hakamlarga ham 50x50 vaziyatlarda yutqazmaslikka harakat qilamiz.
SHu narsaga ham to'xtalib o'tmoqchimanki, himoyachimiz Yuriy Rijkoning maydondan chetlatilgani jamoada o'yindan keyin o'tkazilgan yig'ilishda futbolchilarga aytib o'tildi va o'sha vaziyatda Rijko haqiqatdan ham haqmi yoki aksincha bo'lsa-da, bunday bahs munozaraga sabab bo'lgani va u tomondan qandaydir harakatlar bo'lgani uchun futbolchini moddiy jarimaga tortdik. Agarda keyingi o'yinda jamoamiz g'alaba qozonsa, Rijko mukofot pulidan mahrum qilinadi.
Uchrashuvning 90+1-daqiqasida bir futbolchimiz oyog'i tortishib qolganini aytib, maydonga yotib oldi. Ushbu holat chindan ham asosisiz bo'lgan o'yin vaqtini cho'zish edi. Lekin bu murabbiy tomonidan aytilgan ko'rsatma emas. Yigitlarga mana shunday holatlar kelgusida ham yana takrorlansa, o'sha futbolchi moddiy jarimaga tortilishini aytib o'tdim. CHunki "Paxtakor"ga qarshi o'yinda o'zi shundoq ham bir kishi kam bo'lib o'ynayotgandik. Qo'shimchasiga yana bir futbolchimiz asossiz ravishda maydonda yotib oldi. Bu albatta qolganlarga katta qiyinchilik tug'diradi. Keyin bosh hakam o'sha o'yinda maydon chetida shifokorlardan muolaja olgan o'yinchimizni teda o'yinga qaytishiga ruhsat bermadi. Bu ham menimcha hakamning noto'g'ri qarorlaridan bir bo'ldi. CHunki futbolchi maydon tashqarisiga jarohat olib chiqib ketdimi yoki boshqa sababmi baribir tezroq maydonga qaytishiga ruhsat berishi shart. Bosh hakam o'yinga tushishga ruhsat so'rayotgan futbolchimizni maydonga qaytishiga biroz vaqt ruhsat bermay turdi. Buni menga futbolchilarim ham aytdi. Men shu jamoamning mag'lubiyatga uchragan o'yinlaridan to'g'ri xulosa chiqaraman va kelgusi ularni bartaraf etishga harakat qilaman. Lekin bunday holatlar butun dunyo futbolida uchrab turadigan holatdir.
"Paxtakor" bilan o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Navbahor"ning yopiq futbol ko'rsatgani haqida aytilgan. Bu narsa bosh murabbiyning taktikasi hisoblanadi. Uni faqat murabbiy hal qiladi. Biz aslida har bir uchrashuvda hujumkor o'yin namoyish qilishni istaymiz. Masalan, "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda ko'rgan bo'lsangiz hujumkor o'yin ko'rsatishga etibor qaratdik. Lekin jamoa yaxshi o'ynashiga qaramay, yakunda yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik. Paxtakorga qarshi bahsda esa biz birinchi bo'limda, ochiq o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Lekin butun o'yin davomida biz bunday ochiq o'yin ko'rsatishimiz qiyin edi. CHunki 16 may kuni, derbida "Andijon"ga qarshi o'yin kechgandi. Bu uchrashuvda yigitlarimiz ko'p kuch sarf etishgandi. Oradan uch kun o'tgach, ular Paxtakor bilan o'yinga to'liq tiklanishmagan. SHuning uchun yigitlarimizni ochiq o'yin ko'rsatishlarini tushunib turgandim. "Paxtakor" esa kuchli jamoa. Ular bizni himoyaviy o'yin ko'rsatishimizga majbur qilishdi. Yana shuni ham qo'shimcha qilib o'tmoqchimanki, o'sha uchrashuvdan keyin "Paxtakor" gol urish uchun bir qator vaziyatlar yaratdi deyilmoqda. Men o'yin diskini ko'rib chiqqanimdan keyin, shunga guvoh bo'ldimki, sherlar u qadar aytarli ko'p xavfli vaziyatlarni vujudga keltirmagan. Ularning bu xavli vaziyatlarini darvozabonimiz va himoyachilarimiz bartaraf etgan. Golga tortadigan vaziyatlari esa barmoq bilan sanarli bo'lgan.
- Ushbu o'yinda bizni stadionda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ular butun o'yin davomida jamoani qo'llab-quvvatlab turdi. Yigitlarimiz buni xis qilgan holda, o'yin oxirigacha ijobiy natija uchun kurashdi. Endi bu o'yinni estan chiqarib, bo'lajak bahslar haqida o'ylasak maqsadga muvofiq bo'ladi.
Milliy terma jamoada ishlashi to'g'risida
- Meni yil boshida Mirjalol aka Qosimov "Bunyodkor"ga taklif qilganida, o'sha paytda menga ishonishini va keyinchalik milliy terma jamoada ham birga ishlash taklifini bildirgandi. Vaqti kelib bu masala ijobiy hal etilsa, birga ishlashimizni aytgandi. Lekin bu u paytda rasman tasdiqlanmaganligi sababli xabar OAVga chiqmagan edi. Mirjalol aka Qosimov O'FF rahbariyati bilan maslahatlashgan holda meni milliy terma jamoaga yordamchi murabbiy sifatida ishga taklif etishdi. Buning uchun men avvalo O'FF rahbariyatiga va qolaversa shaxsan Mirjalol Qo'shoqovichning ishonchi uchun minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Bu ish menga yanada masuliyat yuklashini xis qilib turibman. O'zbekiston milliy terma jamoasiga va Mirjalol aka Qosimovga qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Bor vujudim bilan mehnat qilaman.
"Navbahor"dagi ishi xususida
- Milliy terma jamoa murabbiylar shtabida ishlashim elon qilingach, ko'pchilik Ashurmatov endi "Navbahor"da ishlamaydi yoki terma jamoaga pul uchun ketdi degan kabi turli xil fikrlar bildirilayotganidan xabarim bor. SHunga aniqlik kiritib o'tadigan bo'lsak, hech qanchon murabbiy sifatida shu kungacha birinchi o'ringa pulni qo'ymaganman! "Navbahor"ni qabul qilib olgan paytimda ham men o'shanda jamoa rahbarlariga pul uchun kelmaganimni, faqat murabbiy sifatida mustaqil ishlashni xohlaganim uchun kelganimni aytib o'tgandim. CHunki o'tgan yili "Guliston"da ishlab o'z potencialimni to'liq ochib bera olmagandim. SHu bois joriy mavsum ham mustaqil ishlashni istadim va "Navbahor"ni taklifini qabul qildim. Yana shuni ham takidlab o'tgan bo'lardimki, "Navbahor" mutasaddilariga qandaydir ko'tarma pullarini aytib talab qo'ymaganman.
- Milliy terma jamoa va "Navbahor"dagi ishimni davom ettiraman. Bu narsa bir-biriga xalal bermaydi. Namangan klubdagi keyingi taqdirim qanday kechishi haqidagi fikrlarga oydinlik kiritib o'tadigan bo'lsak, agarda Namanganda bo'lib o'tayotgan "Barkamol avlod" musobaqasi yakuniga etganidan keyin klub rahbariyati bilan stol atrofiga o'tirib, barchasini kelishib olamiz. Agarda ular moddiy jihatdan bizni qo'llab-quvvatlashsa boshlaga ishimni oxiriga etkazib qo'yaman. Aks holda klub bilan xayrlashaman. CHunki iqtisodiy jihatdan qiyinchiliklar bo'lgan joyda, futbolchilarni qachongacha o'ynatamiz. Ularga quruq vada bergandan ko'ra, jamoani tark etgan afzal. Yana qaytaraman, agarda mutasaddilar moddiy tomondan o'z vaqtida rag'batlantirib tursa, biz ham imkon qadar yuqori o'rinlardan birini egallab, muxlislarimizni xursand etishga bor kuchimiz bilan ishlaymiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar