So’nggi yangiliklar

00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  0 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  29 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18

Baxtiyor Ashurmatov: "Oxirigacha ishonishda va umid bildirishda davom etamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Oxirigacha ishonishda va umid bildirishda davom etamiz"

Biz O'zbekiston - Qirg'iziston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari bilan suhbatlashdik.
- Baxtiyor aka, bugungi uchrashuv borasida fikringiz qanday? Bugungi o'yin uchun mo'ljallagan rejalaringiz amalga oshdimi?
- Kecha terma jamoaga nomzod yigitlarni Toshkentda to'pladik. Mana bugun Qirg'iziston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Aslida ikkita o'yin rejalashtirgandik. Keyin rejaga biroz o'zgartirish kiritildi va ikkinchi uchrashuvda jahon chempionatiga hozirlik ko'rayotgan yoshlar terma jamoamiz o'ynaydigan bo'ldi. Ming afsuski, juda noqulay ahvolga tushib qoldik. Taqdirimiz V guruhi jamoalari qo'lida qolib ketyapti. Murabbiylar shtabi, futbolchilar bundan juda ham afsusdamiz, bunga o'zimiz aybdormiz.

Osiyo chempionati final bosqichiga chiqa olmaslik, bu biz uchun 2016 yili Braziliyada bo'lib  o'tadigan Olimpiada eshiklari berkitilishini ham anglatadi. Lekin umidni batamom uzganimiz yo'q. Oxirigacha ishonishda va umid bildirishda davom etamiz. O'ylaymanki, hammasi biz o'ylaganchalik bo'ladi. Endi taqdirimiz boshqa guruhning o'yinlariga bog'liq deb tayyorgarlikni to'xtatib qo'yish ham yaxshi emas. SHu sababli Qirg'iziston terma jamoasining taklifini qabul qildik. Guvohi bo'lganingizdek, ushbu o'yinda bir guruh yangi futbolchilarni ham sinab ko'rdik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика