So’nggi yangiliklar

21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  5 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  9 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13

Baxtiyor Ashurmatov: “Andijon”ni mag'lub etish uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Andijon”ni mag'lub etish uchun maydonga tushamiz"

Pro liga 27-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Turon” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

O'yin haqida

- “Mashal” jamoasi odatda himoyaviy, qarshi hujumlarga odatlangan futbol namoyish etadi. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz muhim edi. CHunki 2-o'rindan umid uzganimiz yo'q. Muvaffaqiyat qozonib, intrigani saqlab qolmoqchi edik. O'ylaymanki, “Xorazm” so'nggi turda “Buxoro” bilan jiddiy bahslashadi. Biz ham vazifani bajarish uchun oxirigacha kurashamiz. 

Birinchi bo'limda bo'sh o'yin ko'rsatdik. Tanaffusda berilgan ko'rsatmalar, qilingan o'zgarishlar o'z samarasini berib, g'alaba qozondik. “Mashal” ham oxirigacha kurashdi. Natijada markaziy himoyachini maydonga tushirdik. Yaxshiyamki, muborakliklar so'nggi daqiqalardagi vaziyatlarda foydalana olmadi. Omadimiz keldi. G'alaba qozongan bo'lsak-da, o'yindan qoniqish hosil qilmadik. CHunki turnir jadvalida “Buxoro”dan oldinda edik. Keyinchalik 3-o'ringa tushib qoldik. Bu futbol. Oxirigacha kurashamiz va vazifani uddasidan chiqishga umid qilamiz. “Andijon”ni ham mag'lubiyatga uchratish uchun maydonga tushamiz. 

- Abduraimovni zaxirada oldingiz...

- Taktik o'zgarish sifatida almashtirdim. “Mashal” bilan o'yinda u Azam Aliev bilan maydonda ajoyib futbol namoyish etdi. Sardor jamoamiz etakchisi. Unga hech qanday etirozim yo'q. Faqatgina hisobni saqlab qolish uchun Abduraimov o'rniga markaziy himoyachini maydonga chiqardik. Bugun Sardor oxirgi o'yinlardagi eng yaxshi bahsini o'tkazdi. 

SHu o'rinda jamoamiz muxlislariga minnatdorchilik bildiramiz. Noqulay ob-havo sharoitida ham Muborakga kelishdi va jamoani qo'llab-quvvatladi. Ular uchun ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. 

- Pro liganing joriy yildagi saviyasi haqida qanday fikrdasiz?

- Oxirgi yillarga  nisbatan qiziqarli bo'ldi. Misol uchun “Turon” ochko yig'in bo'yicha yuqorida edi. Yuqori beshlikga ajralganidan keyin jamoamiz ko'p ochko yo'qotdi. Bahslar qizg'in tarzda kechdi. Qolaversa, PFL rahbariyati saiy-harakatlari bilan o'yinlar TV orqali olib berilmoqda. Bu ham o'zgarishlarning samarasi bo'ldi.

- “Turon”dagi kelajagingiz borasida nima deya olasiz?

- Hozirda bor etiborim oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish. Men klub rahbariyati bilan gaplashganimda, mavsum yakuniga qadar ishlash bo'yicha kelishgandik. Mavsum yakuniga etganidan so'ng kelajagim borasida yana gaplashib olishga kelishib olganmiz. Hozir bu haqda hech nima ayta olmayman. Lekin shuni  ayta olamanki, “Turon” o'z oldiga yuqori maqsad qo'yadigan, rejali jamoa hisoblanadi. Rahbariyat infratuzilmani yaxshilashga etibor bermoqda.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика