So’nggi yangiliklar

15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  1 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  6 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf"ga o'xshagan tezkor jamoa O'zbekistonda yo'q" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf"ga o'xshagan tezkor jamoa O'zbekistonda yo'q"

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.




"His-hayajonlarga to'la, asablarni tarang qiladigan og'ir o'yin bo'ldi. Ro'ziqul aka Berdiev ajoyib tezkor va agressiv jamoa tuzgan. O'zbekistonda bunchalik tezkor futbolchilarga ega jamoa yo'q. "Nasaf" qarshi hujumlarda ajoyib o'yin ko'rsatadi. Ularni o'yinini o'rganib chiqib bugun ikkita hujumchi bilan emas, bitta hujumchi bilan maydonga tushdik. Qaysidir vaziyatlarda bu o'zini oqladi. Yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ikki bor hisobda orqada borayotib mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. Afsuski, oxirgi daqiqada yosh hujumchimiz Hamidullo Abduhamidov vaziyatni qo'ldan chiqardi. Umuman olganda taktik jihatdan yaxshi o'yin bo'ldi.

Bamba o'tgan AGMK bilan o'yinda zahiradan tushib o'yinimizni kuchaytirgan edi. SHuning uchun uni boshlang'ich tarkibga kiritgan edim. Yakuba bugun o'z darajasidagi o'yinni ko'rsata olmadi. Ayrim vaziyatlarda to'pni yo'qotib qo'ydi. Natijada "Nasaf"ni qarshi hujumlarini qo'yib yubordik. O'yinda dastlabki golni mehmonlar kiritgani uchun rejalarimizga o'zgartirishlar kiritdik. Ikkinchi bo'limda rejamiz bo'yicha 15 daqiqalardan keyin Muzzafarovni tushirmoqchi edik. Agar durang bo'lib turgan vaziyatda ikkinchi hujumchini tushirishni o'ylagandik. 

Bizda ikki nafar teng kuchli darvozabonlar bor. Ularni sport formalarini birdek ushlab turish uchun ham har ikkalariga imkoniyat taqdim qilyapmiz. Ularni imkoniyati teng. Ikkala darvozabonga o'yin amaliyoti berishga qaror qilyapmiz. 

Ivan Yosovich mashg'ulotlarda jarohat oldi. SHuning uchun uning o'rniga boshqa futbolchini maydonga tushirdik. Oybek Rustamovni himoyaga qo'ydik. U himoyada ham bemalol o'ynay oladi. Markaziy himoya poziciyasida muammo yo'q bizda. Akbarov, Holmuhammedov, Yoqubovlar markaziy himoyada o'ynay oladi. 

Tarkibimizda Raevac, Yosovich kabi gavdali futbolchilarimiz bor. SHuningdek, jarima zarbalalarini mukammal amalga oshiradigan ijrochilarimiz etarli. Bobur Akbarov "Bunyodkor" bilan o'yinda avtagol urgandi. Bugun mana gollari bilan muxlislar oldida yuzini yorug' qildi",- deydi Baxtiyor Ashurmatov. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика