So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  3 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Baxtiyor Ashurmatov: “Nasaf” ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli jamoa” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Nasaf” ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli jamoa”

“Nasaf”–“Navbahor” (5:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.


“Murabbiy sifatida bu mag'lubiyatdan keyin fikr bildirish ham qiyin. "Nasaf" hozirgi paytda oliy ligamizda o'yin tashkil etish bo'yicha, hujumlar uyushtirish borasida juda kuchli hisoblanadi. Biz "Paxtakor" bilan ham, "Bunyodkor" bilan ham o'ynadik. Lekin "Nasaf" ulardan ko'ra ko'proq tashvish tug'dirdi, deyishim mumkin. Bugun olti nafar futbolchimiz o'ynamadi va bu narsa ham o'yinga o'z tasirini ko'rsatdi. Lekin bugungi mag'lubiyatni murabbiy sifatida tan olib, "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinda maydonga tushgan futbolchilar asosiy tarkibga loyiq ekanliklarini isbotlashlariga umid qilgandim. Lekin raqib bizga imkon bermadi va haqli g'alabani qo'lga kiritdi. "Nasaf" chiroyli o'ynadi va maydonda etakchi ekanligini isbotladi. Finalda kimning imkoniyati ko'proq? Aytib o'tganimdek, "Nasaf" hozirda o'yin tashkil etish bo'yicha boshqalardan ustun. Men o'zim "Bunyodkor"da o'ynaganman va klub rahbariyati bilan ham aloqam yaxshi. Lekin ayni paytda "Nasaf"ni O'zbekistondagi eng kuchli jamoa deb bemalol ayta olaman. Lekin shuni unutmaslik kerakki, finalda har ikkala jamoaning imkoniyatlari teng. Bizni qiziqarli final kutib turibdi", - dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика